1. Vijdon erkinligi tushunchasi. Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi



Yüklə 232,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix02.01.2022
ölçüsü232,27 Kb.
#37728
1   2   3   4   5   6   7   8
gnPF6ahCK8C obkHLrSUItTSB-mWhZZj

Terrorizm    tushunchasi.    Terrorizm    –    jamiyatda    bеqarorlik    kеltirib  

chiqarish,    aholining  kеng    qatlamlarida    vahima    va    qo’rquv    uyg’otishga  

qaratilgan  siyosiy  kurashning  o’ziga  xos yovuz usulidir. 

Diniy  ekstremizm  (lotinchada  –  extremum  eng  keyingi,  oxirgi  degan 

ma’nolarni  anglatadi)  ijtimoiy  hayotda  yuz  berayotgan  jarayonlar  ta’sirida  paydo 

bo‘ladi  va  uning  ildizlari  uzoq  o‘tmishimizga  borib  taqaladi.  Zero,  diniy 

ekstremizm  diniy  dunyoqarash  paydo  bo‘lishi  bilan  yuzaga  kelgan  ijtimoiy 




voqelikdir. Faqat u turli tarixiy davrlarda xilma-xil ko‘rinish, shakl va mazmunda 

namoyon  bo‘ladi.  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlarining  mustamlakachilik  siyosati 

(salib yurishlari, buyuk geografik kashfiyotlardan keyin jahonni bo‘lib olish uchun 

kurash),  usmoniy  turk  davlatining  G‘arbiy  Yevropaga  tahdidi  (XIV–XVI  asrlar) 

diniy  shiorlar  asosida  olib  borilgan.  Usmoniy  turklarning  g‘arbga  istilochilik 

yurishlari  rivojlanishi  darajasi  taxminan  teng  sivilizatsiyalarning  to‘qnashuvi 

bo‘lgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin G‘arbiy Yevropa jahon miqyosida 

iqtisodiy,  harbiy-texnikaviy  ustunlikka  erishgan.  Taraqqiyotda  ortda  qolgan 

davlatlar  G‘arbning  tajovuziga  qarshi  kurashga  diniy  shiorlar  asosida  birlashgan. 

Shu  bois  ular  mazmunan  an’anaviylikni  saqlab  qolish,  jamiyatni  G‘arbda  ishlab 

chiqilgan «qolip»larga asosan modernizatsiyalashga qarshi bo‘lgan. 

Diniy  ekstremizmning  manbai  mutaassiblik  (fanatizm)dir.  Mutaassiblik 

kishilarning  muayyan  narsa,  fikr  yoxud  g‘oyaga  ko‘r-ko‘rona,  uning  chuqur 

mohiyatiga  yetmasdan,  butun  vujudi  bilan  qattiq  ishonishi,  uni  boshqa  hamma 

narsa  va  g‘oyalardan  to‘g‘riroq  deb  bilishi  natijasida  boshqalarga  ham  turli 

vositalar  bilan  singdirishga  harakat  qilishidir.  Jamiyatda  mutaassiblik  quyidagi 

sabablar natijasida vujudga keladi: 

 a)  aholi  turmushi  darajasining  pastligi  va  ijtimoiy  munosabatlarning  yetarli 

darajada rivojlanmaganligi;  

b)  fuqarolarining  diniy  bilimi  va  saviyasining  yetarli  darajada  rivojlanmaganligi, 

diniy jaholatning ustunligi.  


Yüklə 232,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin