1. Xattotlik tarixi haqida ma’lumot


Yaxshi va chiroyli yozishdan maqsad faqat oson o'qish emas, balki o'quvchiga estetik zavq baq'ishlash, yozuvni maleh va bade' qilishdir



Yüklə 2,35 Mb.
səhifə2/4
tarix02.08.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#138376
1   2   3   4
xatotlik

Yaxshi va chiroyli yozishdan maqsad faqat oson o'qish emas, balki o'quvchiga estetik zavq baq'ishlash, yozuvni maleh va bade' qilishdir. Ta'kidlaganimizdek, xattotlik san'ati yaqin Sharq xalqlari o'rtasida arab yozuvi asosida keng tarqaldi, Arab yozuvining oltilik silsilasi - suls, nasx, muhaqqaq, rayhon, tavqe' va riqo' yozuvlari arab xattotiik san'atiga asos soldi. Xattotlik usuli yozuv turiga bog'liqdir. Xattotlik o'z nazariy va amaliy qonunlariga ega ediki, xushnavislar bunga qat'iy rioya etar edilar. Xattotlik nazariyasiga X-XI asr mashhur xattotlari Abu Ali Muhammad (Ibni Muqla) va All Ibni Hilol (Ibni Tavvob) asos solganlar. Ular an'anasini Yoqut Musta'simiy nazariy jihatdan rivojlantirdi. Xattotlik san'ati ta'kidlaganimizdek muayyan qonun va talablarga asoslangan va bu talablar matematik aniqlikni talab qilar edi. Oltilik tizimiga asoslangan xattotlik san'ati me'yor sifatida doira shaklini tanlar edi. Bu doira ichida tomonlari barobar uchburchak, kvadrat va beshburchak chizilib, undan harflar andozasi muayyan qilingan. Har bir harf uchun romb shaklidagi yuqoridan pastga qarab qo'yilgan nuqtalar ishlatilar edi. Yozuv turlariga qarab nuqtalar miqdori o'zgartirilgan. Masalan, muhaqqaq yozuvi uchun sakkiz nuqta, suls yozuvi uchun yetti va tavqe' yozuvi uchun olti nuqta muqarrar qilingan edi.

  • Yaxshi va chiroyli yozishdan maqsad faqat oson o'qish emas, balki o'quvchiga estetik zavq baq'ishlash, yozuvni maleh va bade' qilishdir. Ta'kidlaganimizdek, xattotlik san'ati yaqin Sharq xalqlari o'rtasida arab yozuvi asosida keng tarqaldi, Arab yozuvining oltilik silsilasi - suls, nasx, muhaqqaq, rayhon, tavqe' va riqo' yozuvlari arab xattotiik san'atiga asos soldi. Xattotlik usuli yozuv turiga bog'liqdir. Xattotlik o'z nazariy va amaliy qonunlariga ega ediki, xushnavislar bunga qat'iy rioya etar edilar. Xattotlik nazariyasiga X-XI asr mashhur xattotlari Abu Ali Muhammad (Ibni Muqla) va All Ibni Hilol (Ibni Tavvob) asos solganlar. Ular an'anasini Yoqut Musta'simiy nazariy jihatdan rivojlantirdi. Xattotlik san'ati ta'kidlaganimizdek muayyan qonun va talablarga asoslangan va bu talablar matematik aniqlikni talab qilar edi. Oltilik tizimiga asoslangan xattotlik san'ati me'yor sifatida doira shaklini tanlar edi. Bu doira ichida tomonlari barobar uchburchak, kvadrat va beshburchak chizilib, undan harflar andozasi muayyan qilingan. Har bir harf uchun romb shaklidagi yuqoridan pastga qarab qo'yilgan nuqtalar ishlatilar edi. Yozuv turlariga qarab nuqtalar miqdori o'zgartirilgan. Masalan, muhaqqaq yozuvi uchun sakkiz nuqta, suls yozuvi uchun yetti va tavqe' yozuvi uchun olti nuqta muqarrar qilingan edi.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin