1. Xizmat ko’rsatish faoliyatida tizimli tahlil



Yüklə 72,61 Kb.
səhifə1/6
tarix17.09.2023
ölçüsü72,61 Kb.
#144707
  1   2   3   4   5   6

XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDANRAQAMLI BOSHQARUVNING JORIY QILINISHI VA AMALIY TAJRIBALAR
Reja:


1.Xizmat ko’rsatish faoliyatida tizimli tahlil.
2.Xizmat ko’rsatish boshqaruv faoliyatining rejasini ishlab chiqish.


1. Xizmat ko’rsatish faoliyatida tizimli tahlil.
Xizmat ko’rsatish faoliyatining rejasi tizim doirasida tahlilni amalga oshirish uchun, tizimli tahlilning xususiy jihatlari amaliy mazmun kasb etadi, bu xususda fikr yuritishdan oldin, tizim haqida munosabat bildiramiz. Xizmat tizimi, bu yagona maqsad sari, aniqrog’i shaxsning kamolotini ta’minlash uchun o’zaro aloqador bo’lgan, bir birini to’ldiruvchi, takomillashtiruvchi, son yoki sifat ko’rsatkichi bo’yicha bir xossa o’zgarsa, albatta ikkinchi xossa ham o’zgaradigan, turli tuzilmali tarkiblardan (ya’ni: faoliyat, jarayon, hamkorlik, mavjudlik (amaliyot)) iborat bo’lgan majmuadir (yaxlitlikdir).
Fanda tahlilning bir qator turlari mavjud bo’lib, fan sohalari doirasida ular turli xossalari bo’yicha tavsiflanishini alohida ko’rsatib o’tib, muhimlarini keltiramiz: - funksional tahlil, institutsional tahlil, trendlar tahlili; fragmentar tahlil; ivent tahlil; mifologik tahlil, grafikali tahlil, prognozlarning tahlili, aksiologik tahlil, pragmatik tahlil, prakseologik tahlil, dasturlar tahlili, muammoli tahlili, konseptual tahlil, vaziyatli tahlil, syujetli tahlil, jo’z’iy o’zgarishlar ko’rsatkichining tahlili, sabab-oqibat bog’likdigi tahlili, korrelyasion tahlil, klasterli tahlil, semantik tahlil, diskurs tahlil, darajali tahlil, qiyosiy (jumladan juftli) tahlil, resurslarning tahlili, mantiqiy- lingvistik tahlil va boshqalar.
Ta’kidlashicha “tizim doirasida tahlilni amalga oshirish uchun, ongli harakat texnologiyasiga (2-chizma) amal qilish samarali natijalar berishi ehtimoldan xoli emas.
Vazifadorligiga (funksionalligiga) ko’ra, ongli harakat texnologiyasi tahlilni amalga oshiruvchini tahliliy faoliyatining samaradorligini ta’minlab, axboriy va intellektual kabi resurslardan foydalanish jarayonini takomillashtiradi. Samaradorlik quyidagi mantiqiy xossalarda ifodalanadi: tahlilni amalga oshirish uchun vaqtni tejashda, muamoni echimini topish uchun ilgari suriladigan farazni to’g’ri to’zishda, tahlilni amalga oshirish uchun vositalarni (usullarni) maqsadli tanlashda, tahlilni amalga oshirish uchun muammoning (vaziyatning) xarakterini inobatga olishda, mummoni echish uchun belgilanadigan muddatni aniq belgilashda, qaror qabul qilish uchun turli variantli echim yo’llarini belgilab olishda, tavsiyalarni manzilli tayyorlash kabilarda”21.


Yüklə 72,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin