1. Xo'jalik hisobi haqida tushuncha



Yüklə 63,41 Kb.
səhifə2/17
tarix26.04.2023
ölçüsü63,41 Kb.
#103104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Xo\'jalik hisobi haqida tushuncha

Operativ (теzkor) hisob- ayrim xo’jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo’linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xo’jalik hodisalarni o’z ichiga olib, asosan ishlab chiqarish - texnika xususiyatidagi ko’rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o’lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan ob’yektlarda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot yetarli darajada to’g’ri bo’lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo’lgan o’zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo’lgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo’lsin.
Operativ hisob korxonaning har xil bo’linmalari - bo’limlari, sexlari, omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi.
Statistik hisob- ommaviy xo’jalik hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlash tizimidan iborat. Хo’jalik hisobining bu turi butun xo’jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o’rganishga yo’naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo’jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi, o’sishi va hokazo ko’rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlari bo’yicha umumlashtiriladi.
Statistik hisobning ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o’lchovlar - natura, mehnat va pul o’lchovlaridan, o’rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo’yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.

Yüklə 63,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin