Fransiya maktablarida geografiya ta’limini bir muncha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Fransiyada geografiya dasturi bosqichli maktablarga mo’ljallangan, shunisi qiziqki, Fransiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi.
I bosqich maktab VI V IV III oliy ma’lumot olishga tayyorgarlik faqat litseylarda amalga oshiriladi.
II bosqich, II I va bitiruvchi sinflardan iborat. Germaniya talimida 6-sinfdan boshlanadi,bunda umumiy geografiya va Afrika materiki o’rganiladi, 5-sinf da Amerika , Osiyo , Avstraliya ,Antraktida 4-sinfda Yevropa, 3- sinfda Fransiya geografiyasi o’qitiladi. Litseyda o’qishni davom ettirish 1-2 va bitiruvchi sinflarga to’g’ri keladi.
2-sinfda geografiya dasturi 6-5-4-3 sinflarda olgan bilim va ko’nikmalar bilan chuqurlashtiradi. Asosiy maqsad o’quvchilarni hujjatlar va birinchi manbalar bilan ishlashga o’rganishdan iborat. Litseyning birinchi sinfida Fransiyaga geografiyasi bo’yicha o’quvchilar 2- bosqich maktabda olgan bilimlari mustahkamlanadi. Bitiruvchi sinflarda 4ta yirik davlat AQSH, Rossiy,Xitoy, Yaponiya geografiyasi o’rganiladi . Fransiya maktablarida tabiiy va iqtisodiy geografiya bilimlari ishida ayniqsa, aholi geografiyasiga oid ma’lumotlar atroflicha o’rganiladi.Rivojlanayotgan geografiyasi o’rganilganda yevropalarning bu mamlakatlar uchun ko’rsatgan g’amxo’rliklari ko’rsatilgan. Masalan: fransuzlar o’z mustamlakalari bilan mustaqillik bergan, ular madaniyati, tabiatni yaxshilash, tabiiy boyliklarni o’zlashtirishlarga yangi yo’llar ko’rib berganliklariga o’quvchilar e’tiborini alohida qaratadilar.
Fransiya geografiyasi darsliklarning ustun tomoni shundaki, ular muammoli qilib yozilgan bo’lib, barcha muammolar “ Inson va tabiat” mazmunidan kelib chiqadigan matnlardan iborat.Fillandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o’ziga xos xususiyatiga ega bo’lib, geografiya o’qitilishi rivojlangan kapitalistik mamlakatlar ichida bir muncha yuqori pag’onada turdi. Mamlakatlarda ta’lim 2- bosqichdan iborat. 1-bosqich 9yillik majburiy umumta’lim xalq maktabi. 2-bosqich gimnaziyalardan iborat. 1- bosqich maktabda geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 9- sinfda tugaydi. 3-4 sinflarda o’z mamlakatini va qo’shni simoliy davlatlarning tabiati va xo’jaligiha oid ma’lumotlar beriladi. 3-sinfda o’lkashunoslik asosida dars o’tish ustun turadi O’zi yashab turgan joining kartasi : ob-havo va iqlimi, birgalikda ishlangan relef kartalarini namoyish qiladi 3- sinfdagi geografiya 4- sinfda ham davom etadi va o’qish metodlari bo’yicha farq qilmaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keyingi yillarda xalq maorifiga katta e’tibor berilmoqda. Masalan: Osiyoning ko’pgina mamlakatlarida 1985- yilgacha xalq ta’limi uchun ajratilgan mablag’lar 20 barobardan ortiq o’sdi. Ayniqsa, Malaziya, Saudiya Arabiston, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarda xalq maorifi rivojlanishi ancha yuqori bo’ldi. Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda bolalar 5-7 yoshdan boshlab maktabga bora boshlaydilar . Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri- Lankada maktabga 3 yoshdan boradilar. Osiyodagi ko’pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, o’rta maktabda o’qishni davom ettirish esa 4yildan 8yilgacha.
Geografiya o’quv dasturlari ko’pchilik davlatlarda bir xil bo’lib, mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishga bag’ishlangan. Ko’pchilik mamlakatlar mustamlaka bo’lgan davrlarida o’z geografiyasiga nisbatan ko’proq mustamlakachi davlat geografiyasini o’rganar edilar. Hozirgi kunda ko’pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik an’analari o’qitish mazmuni va mrtodlari saqlanib qolgan.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet el davlatlari geografiya ta’limida o’qitishda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar quyidagilar hisoblanadi:
Evristik metod-bunda e’tibor o’quvchilarni ko’proq mustaqil bilim olishga , kichik tadqiqotlar qilishga o’rgatishdan iborat . Kartinalar, turli xil hujjatlar, vositalar asosida mammoli savollar o’quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir- biriga bog’langan savollar asosida evristik suhbatlar o’tkazish keng tarqalgan. Ishlab chiqrish jarayonini, ekalogik muammolar, suhbatlar o’tkazish keng tarqalgan. Ishlab chiqarish jarayonini, ekologik muammolari turli o’yinlar asosida o’rganish.
Bunda o’quvchilar o’zlarini turli kompaniyalar prezidenti, biznesmenlar o’rniga qo’yib “ ish” bajaradilar. Bunday metod ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi zellandiya, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarqatma kartochkalar metodida turli chizma jadvallar, kartalar o’quvchilar diqqatiga turlicha xatoliklarga yo’l qo’yilgan o’sha xatoliklarini mustaqil topishlari talab qilinadi. Matnlar, ya’ni javoblar to’g’ri- noto’g’ri tarzda aralashtirib berilishi ulardan to’g’rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan metodlardan hisoblanadi.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo’llanmalardan foydalanish, matematik modullashtirish keng tarqalgan o’qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa diskussiya, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng tarqalgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
www.arxiv.uz