1. Yalpi milliy (ichki) mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning tarkibi



Yüklə 39,44 Kb.
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü39,44 Kb.
#114089
1   2   3   4   5
Yalpi ichki mahsulot va O\'zbekistonda uni ko\'paytirish muammolari

Mavzuning dolzarbligi.Yalpi ichki mahsulot (YAIM) mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrd. soʻmlik YAIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YAIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YAIM yoki yalpi milliy mahsulot (YAMM), hatto yalpi milliy daromad (YAMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YAIM emas, balki YAMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YAIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.


1. Yalpi milliy (ichki) ma’sulotning iqtisodiy mazmuni va uning tarkibi.
Yalpi milliy maxsulot (YAMM) - milliy ho‘jalikda bir yil davomida vujudga keltirilgan pirovard maxsulot va hizmatlar bozor qiymatidan iborat bo‘ladi. Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard maxsulot (hizmatlar) ning bozor qiymati. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha maxsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya`ni YaMM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday o‘sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM erdamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha maxsulot va hizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, halq ho‘jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Bizning yuqorida keltirilgan misolda (XVII-2 jadval) bu 250 sўmni tashkil qiladi. Qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatidan etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste`mol qilingan hom-ashe va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat - bu korxona yalpi maxsulotidan eki ishlab chiqargan maxsulotining bozor narhidan joriy moddiy harajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM epdamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. Ko‘zlangan maqsada erishish uchun iqtisodiyotda yil davomida amalga oshiriladigan kuplab unumsiz bitimlar hisobga olinmasligi zarur. Unumsiz bitimlarning ikki asosiy turi mavjud. 1. Sof moliyaviy bitimarlar. 2. Saqlanib turgan tovarlarni sotish. Sof moliyaviy bitimlar o‘z navbatida uchta asosiy turga bo‘linadi: a)davlat budjetidan bo‘ladigan ijtimoiy to‘lovlari; b) hususiy ijtimoiy to‘lo‘vlar; c)qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish. Davlat ijtimoiy to‘lovlari o‘z ichiga davlatning alohida shaxs va oyilalarga beradigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlari, ishsizlik bo‘yicha nafaqalap va faxriylik nafaqalarini oladi. Davlat ijtimoiy to‘lovlarining muxim xususiyati shundan iboratki, uning oluvchilari bu to‘lovlarga javoban ishlab chiqarishning joriy hajmini yaratishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Shunday ekan, ulapni YaMM hajmiga kiritish, shu yil uchun bu ko‘rsatkichni oshirishga olib kelgan bulup edi. Xususiy ijtimoiy tulovlar, masalan, dorilfunun talabasining uyidan oladigan oylik yordam pullarini YaMM hajmiga kiritish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan bitimlar, masalan, aksiya va obligasiyalarni sotish-sotib olish hajmi ham YaMM ga kiritilmaydi. Chunki by bitimlar to‘g‘ridanto‘ri joriy ishlab chiqarish ?azhmini ko‘paytirmaydi. Ushlab turilgan buyumlarni sotish yohud joriy ishlab chiqarishni aks ettitmaydi, ehud ikki marta hisobni o‘z ichiga oladi. Masalan, faraz qilamiz, siz 1985 yil ishlab chiqarilgan avtomashinangizni sotdingiz. YaMM hajmini aniqlashda bu bitim hisobga olinmasligi zarur, chunki u ishlab chiqarish joriy hajmining ko‘payishi bilan birga bormaidi. Bir necha yil oldin ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish summasini zhorii iildagi YaMM hajmiga kiritish, shu yildagi ishlab chiqarish hajmining sun`iy oshirilishiga olib keladi. Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaMM bilan birga, uning asosida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bogliq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tumanlarini harakterlab beradi. YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport, eksport va import o‘rtasidagi farq kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmoqi keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini halqaro taqqoslash uchun yalpi ichki maxsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YaIM ma`lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard maxsulot va hizmatlarning bozor qiymati. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi. YaMM berilgan bo‘lsa undan to‘lov balansi qoldig‘i (eksport va import o‘rtasidagi farq)ni chiqarib tashlash yo‘li bilan YaIM aniqlanadi. YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muxim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan o‘rnini to‘plash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilingan kapital qiymati yoki yillik amortizasiya summasi ayirib tashlansa sof milliy maxsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. YaMM - amortizasiya yillik summasi = SMM Shunday bo‘lib, SMM amortizasiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi. SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan baxoga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar iste`molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o‘zlarining daromadining bir qismini yo‘qotadi. SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai nazaridan, milliy daromad ularning joriy ishlab chiqarishda qatnashishdan olgan daromadlari summasi, korxona nuqtai nazaridan ishlab chiqarish omillari eki resurslari baxosi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda bu ko‘rsatkich mazkur yilda ishlab chiqarish hajmini yaratishga ketgan iqtisodiy resurslarning bozor baxolarini aks ettiradi. SMM - biznesga egri milliy daromad. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD - bu yangidan yaratilgan tovar va hizmatlar qiymatining butun hajmi. Foidalanilgan MD - bu ishlab chiqarilgan Md-dan yoqotishlar (tabiy ofatlar, saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldiqi chiqarib tashlangan miqdorga teng. Bizning amaliyotda MD iste`mol va jamg‘arish fondiga ajratiladi. Iste`mol fondi - bu milliy daromadning jamiyat a`zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtijojlarini (ta`lim, mudofaa va h.k.) qondirishni ta`minlashga ketadigan qismi. Jamg‘arish fondi - bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta`minlaydigan qismi. Milliy daromadni daromadlar barcha turlarini (amortizasiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy stroxovaniyaga ajratmalar, kopxona foidasiga soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaidigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar - ular qilgan mexnatining natijasi hisoblanmaydi. Shaxsiy daromad kўrsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz, hamda joriy mexnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur. Milliy daromad + ijtimoiy straxovaniya ajratmasi + korxona foydasiga soliqlar + korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to’lovlar + shaxsiy daromad. Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste`mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‘rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko‘rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bўladi. Yalpi milliy mahsulot Sof eksport Yalpi ichki maxsulot Amortizasiya Sof milliy maxsulot Egri soliqlar Milliy daromad Milliy daromad - ijtimoiy strahovaniya ajratmalari; korxona foydasiga soliqlar; korxona taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to’lovlar ? Shahsiy daromad shu daromad hisobiga soliqlar, Soliqlar to’lanadigan keyingi daromad. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi yordamida milliy hisobni tashkil qilish imkoniyati vujudga keladi. Yalpi milliy maxsulot ko‘rsatkichi barcha ho‘jalik birliklari yalpi pul daromadlari, hamda barcha tovar va hizmatlarni ishlab chiqarishga sarflarning umumiy miqdorini bir vaqtda aks ettiradi. Bu butun mamlakat miqiyosida keng qamrovli milliy hisoblar tizimini kiritishga asos bo‘ladi. Milliy hisoblar - bu YaMM va milliy daromadni ishlab chiqarish taqsimlash hamda ulardan foydalanishni harakterlaydigan o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. Milliy hisoblarni tuzishda ikki yoqlama o‘quv tartibidan foydalaniladi. Bunday hisoblar halqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida mazkur tizim keng qo‘llaniladi. Millii hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va harajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizasiya) summasini aks ettiradi. Harajatlar to‘rtta gruppadan iborat bo‘ladi: iste`mol, investisiyalar, davlat haridi, sof eksport. Millii hisoblar makroiqtisodiyotning meyoridagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Yalpi milliy maxsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YaMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.
Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.
Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksincha holatda kam boʻladi.


Yüklə 39,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin