Talab va taklif qonunlarining muvofiqligi muammolari. Erkin raqobat sharoitida qiymat qonuni asosida talab va taklif muvofiqligi vujudga kelib, bozor bahosi (muvozanat bahosi) amalga oshadi. Bozor monopoliyalarining shakllanishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi natijasida bozor monopoliyalari yoki davlat tomonidan baholarning belgilanishi sodir bo’ladi. Belgilangan baho muvozanat bahosi miqdoridan past yoki baland bo’lishi mumkin.
Talab va taklif qonunining o’zaro harakati va muvozanat bahosining vujudga kelishi bir qator hulosalarni ilgari suradi.
Bozor iqtisodiyotida sotuvchilar va xaridorlar manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi mexanizm mavjud bo’lib, bu bozor bahosida namoyon bo’ladi. Bunga asosan ishlab chiqaruvchilar o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarida erkin hamda talabga muvofiq tovar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishlari yoki qisqartirishlari mumkin.
Baho talab va taklif qonuni asosida o’zgaradi.
Raqobat mavjud bo’lib, uningsiz bozordagi talab va taklif mexanizmi amal qilmaydi.
Agar talab va taklif muvofiqligi amalga oshmasa, ishlab chiqaruvchi va xaridorlar yangi sharoitga moslashish uchun xarakat qiladilar. Natijada yangi muvozanat bahosi va bozor muvozanati shakllanib, muayyan sharoitga muvofiq yangi ishlab chiqarish xajmi yuzaga keladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va haridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o’tish imkonini beradi. Mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda ko’rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (chizma):
Tb=Tf=N„=M„, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm
- tovarning muvozanatli miqdori.
chizma. Muvozanatli narx
Grafikda E nuqtaga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. ya’ni, narx 250 so’m bo’lganda, haridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga
tayyor bo’ladi. 200 so’mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o’zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayyor bo’ladi va hokazo.
Grafikda narxning 350 so’m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko’rsatadi va to’yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so’m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: |