1. Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari. Yarim o’tkazgich materiallarni tayyorlash



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#114222
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Diyorbek

5-rasm. Akseptor aralashmali yarim o‘tkazgichlarda elektron va teshiklarning harakat sxemasi
Berilayotgan kuchlanish ta’siri hisobiga elektron va teshiklar yarim o‘tkazgichda harakat paytida turli xil to‘siqlarga uchraydi. Bu paytda ular o‘zlarining ma’lum bir energisini yo‘qotishadi va o‘z yo‘lidan chekkaga og‘ishi mumkin, ya’ni tok tashuvchilarning behudaga tarqalishi kuzatiladi. Bu holatning yuz berishi asosan turli xil zararli aralashmalarga bog‘liq. Qanchalik yarim o‘tkazgich toza bo‘lsa, shunchalik tok tashuvchilar behudaga kamroq tarqaladi va shunchalik elektron va teshiklarning harakatchanligi yuqori bo‘ladi.
Harorat oshishi bilan barcha yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi oshadi (5-rasm) hamda yarim o‘tkazgichga qancha ko‘p donorli va akseptorli aralashma kiritilgan bo‘lsa, shunchalik o‘tkazuvchanlik intensiv ravishda o‘sadi. T1 haroratgacha yarim o‘tkazgichda aralashmalar zaryadining yo‘naltirilgan harakati hisobiga yuzaga kelgan aralashmali o‘tkazuvchanlik kuzatiladi. T1-T2 harorat chegarasida yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanligi bir muncha pasayadi. Bu holat, uning atomlarida kuzatiladigan erkin elektron va teshiklarning harakatiga to‘sqinlik qiladigan intensiv darajadagi issiqlik tebranishlari hisobiga yuz beradi. Haroratni yanada oshirganda (T2 dan yuqori) yarim o‘tkazgichda xususiy o‘tkazuvchanlik yuzaga keladi va ko‘plab yangi teshik va elektronlar paydo bo‘ladi. Ularning yo‘naltirilgan harakati hisobiga yarim o‘tkazgichlarda tokning qiymati oshadi. Buning hisobiga yarim o‘tkazgichning solishtirma o‘tkazuvchanligi keskin ko‘tariladi.



6-rasm. Yarim o‘tkazgich solishtirma o‘tkazuvchanligining haroratga bog‘liqlik grafigi: 1–legirlovchi aralashma kam qatnashgan (kichik konsentratsiyali) yarim o‘tkazgich; 2-legirlovchi aralashma ko‘p qatnashgan (yuqori konsentratsiyali) yarim o‘tkazgich
2 egri chiziq T1-T2 harorat intervalida yuqori darajada legirlangan yarim o‘tkazgich o‘tkazuvchanligining pasayganligini ko‘rsatmaydi. Bu holatning kuzatilishiga yarim o‘tkazgichga ko‘plab darajadagi aralashmali elektron va teshiklarning kiritilganligi sabab bo‘ladi. Ushbu aralashmali tok tashuvchilarning qatnashishi T1-T2 haroratlarda to‘liq darajada yarim o‘tkazgichlar o‘tkazuvchanligi turg’un bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Absolyut nol harorat sharoitida (-273ºC) elektronlar o‘z harakatchanligini yo‘qotiladi, shuning uchun yarim o‘tkazgichlar dielektriklarga aylanadi.
Yarim o‘tkazgichlarda tokning berilgan kuchlanishga chiziqli bo‘lmagan bog‘liqligi, yarim o‘tkazgichning xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya’ni bu paytda tok I kuchlanish U ga nisbatan sezilarli darajada tezroq o‘sadi (6-rasm). Shu bilan birgalikda tok I oshishi bilan yarim o‘tkazgichning elektr qarshiligi R kamayadi.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin