1. Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi. Yengil atletika mashqlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi


Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə2/7
tarix17.05.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#115767
1   2   3   4   5   6   7
Yengil atletika anjom va jihozlari haqida ma\'lumot

1. Yengil atletikaning umumiy ta’rifi va tasnifi
Yengil atletika degan nom shartli bo’lib, bu sport turiga kiradigan hamma mashqlarni tabiiy ahamiyatini yoritib bera-olmaydi. SHu bilan birga yengil atletika qadimiy Yunoncha «atletika» so’zidan olingan bo’lib, «mashq», «kurash», «bellashuv» degan ma’noni beradi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar.
Hozirgi kunda jismoniy kamolotga erishgan komil kishi-larni atlet deyiladi. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani «atletika» (Fransiyada) yoki «yo’lka va maydondagi mashqlar» (AQSH, Angliyada) deb ataydilar.
Yengil atletika hayotda eng kerakli keng tarqalgan mashqlarni – Yurish, Yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashtirib, eng ommaviy sport turi hisoblanadi.
Ko’pgina yengil atletika mashqlari umumiy omma bajara oladigan, eng kichik yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha har kungi hayotda har xil turda uchraydi va me’yorlanadi. Yengil atletika bilan yil davomida shug’ullansa bo’ladi. SHu sabablarga ko’ra yengil atletika mashqlari (Yurish, Yugurish, sakrash va uloqtirish) respublika maxsus testlar majmuasi «Alpomish» va «Barchinoy»ni ko’pchilik qismining amaliy mezonlarini tashkil etadi.
Yengil atletikani ko’pincha «sport malikasi» deb atashadi. Bunga sabab, u respublika, xalqaro musobaqalar, Olimpiya o’yinla-rini hamma dasturlariga kiritiladi, shu bilan birga o’ynaladigan medallarning majmuasi va soni bo’yicha eng ko’pi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya instituti, universitetlar va pedagogik institutlarning fakultetlari dasturida, yengil atletika asosiy o’quv predmeti bo’lib, sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha), kasbiy ta’lim (faoliyat turlari bo’yicha), sport psixologiyasi yo’nalishlaridagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Yengil atletika musobaqa mashqlarining turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va ularni bajarishni har xil usullari va variantlari mavjud.
Yengil atletika mashqlarini aniq tasnifga tushirish uchun uni besh bo’limlarga bo’lib (Yurish, Yugurish, sakrash, uloqtirish, ko’pkurash) tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turlarga, turning xillariga hamda variantlar va masofalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 24 turi erkaklar, 23 turi ayollar Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.



Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin