1. Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar


RNK-saklovchi viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari



Yüklə 349,12 Kb.
səhifə7/24
tarix14.12.2023
ölçüsü349,12 Kb.
#176806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
1-27 mavzu

8. RNK-saklovchi viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari.
Viruslar (lotincha: virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "Viruslar" atamasi har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa, nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng viruslar tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan viruslar oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.
Viruslar tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik Viruslar yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim Viruslar (masalan, gripp viruslar) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Viruslar qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Masalan, bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab viruslar vujudga keladi. Viruslarning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab viruslar molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi viruslarning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Laboratoriyada oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha viruslar har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina Viruslar yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi viruslar tashqi koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. Viruslar tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha tur Viruslarning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar Viruslarning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteidlar, uglevodlar va lipidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen viruslar tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi Viruslarda esa RNK yoki DNK (Ribonuklein kislota) (dezoksiribonuklein kislota) bor. Baʼzi viruslar tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining Viruslar), boshqalari esa suyuq kristallar (masalan, tamaki mozaikasi viruslar) yoki shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. Viruslarni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Viruslarning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki Viruslar morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga birlashtiriladi. Viruslar urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga viridae soʻzi (masalan, Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.
Viruslar organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, viruslar oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp viruslar va boshqalarda hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan fermentlari bor. Viruslar organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi. Koʻpgina viruslar hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli granulyoz). Viruslar bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. Viruslar ekologik, biologik va boshqa. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. Viruslar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi viruslar urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha viruslar kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. Viruslarning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar). Viruslarni virusologiya fani oʻrganadi.
Virusli kasalliklar, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Virusli kasallikga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan.
Hayvonlarning V. k.iga kirov (oqsim), oʻlat, ornitoz, psittakoz, parrandalar grippi, Nyukasl kasalligi, Ruft vodiysi isitmasi, qoʻylarning kataral isitmasi va b. kiradi. Ular epizootiyalar shaklida kechib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Oʻsimliklarda V. k. gʻoyat xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina k,, x. ekinlari (ayniqsa, vegetativ yoʻl bilan koʻpayadiganlari) kasallanadi. Virozlar boshoqli oʻsimliklar, kartoshka, mevali, sabzavot, rezavor mevali va b. oʻsimliklarga eng koʻp zarar keltiradi. Koʻpincha, oʻsimlik hosilining kamayishiga va sifatining pasayishiga sabab boʻladi. Mas., bugʻdoy, arpa va b. oʻsimliklarga gʻumbaklanish virusi erta yuqqanda boshoqlar puch boʻladi; virusli mozaika bilan kasallangan kuzgi bugʻdoy umuman hosil bermaydi. Koʻpchilik V. k. qishloq xoʻjaligida yaqindan beri (20-asr) salbiy ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda. V. k. oʻsimlik organizmida chuqur oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Eng harakterli oʻzgarishlar assimilyatsiya apparatida yuz beradi. Assimilyatsiya mahsulotlari ildiz, ildizmeva, tuganak (koʻp yillik oʻsimlik turlarida qishlovchi organ boʻlib, odatda, ularda oziq moddalar saqlanadi) va oʻsimlikning boshqa kismlariga yetib bormaydi. Umuman, oʻsimliklar qator anatomik va morfologik oʻzgarishlarga uchraydi. Natijada oʻsimlik rivojlanishi susayadi va umumiy holati yomonlashib, "nasl aynish alomatlari" kuzatiladi. Assimilyatsiya mahsulotlarining barglardan oqishi ushlanib qolishi tufayli bargda kraxmal koʻpayib ketadi. Kasallikning oʻzgarish harakteriga koʻra V. k. ikki guruh: mozaikalar va sariqlarga boʻlinadi. Mozaikalarning asosiy belgisi — barg rangining olachipor boʻlishi (mas., tamaki, kartoshka, pomidor, lavlagi va b. mozaikasi); bunga xlorofilli apparatdagi oʻzgarishlar sabab boʻladi. Sariq kasali uchun umumiy xloroz (bargning rangsizlanishi), oʻsishning buzilishi, koʻpincha pakanalik harakterli; barglarning buralishi, burishishi, ularda uglevodlarning haddan tashqari toʻplanishi natijasida barglar dagʻal va moʻrt boʻlib qoladi (boshoqlilardagi gʻumbaklanish, gʻuza, kartoshka barglari buralishi va b.da).
Koʻpgina V. k.ni hasharotlar (oʻsimlik bitlari, sikadalar, tripelar, oqqanotlar, qandalalar va b.), baʼzilarini (bugʻdoyning taram-taram mozaikasi va b.) kanalar tarqatadi. Infeksiya kasal oʻsimlikdan sogʻlomiga bir-biriga tekkanida, bir-birini yengil jarohatlaganda (mas., shamol taʼsirida) oʻtishi ham mumkin. V. k.ning deyarli hammasi oʻsimlik jinssiz koʻpayganda avlodga osongina oʻtadi. Oʻsimliklarning viruslarga nisbatan oʻta sezgirligi amalda katta ahamiyatga ega. Bunda infeksiya toʻqimaning maʼlum bir qismidagina boʻlib, boshqa yerga tarqalmaydi va oʻsimlikning umumiy kasallanishi roʻy bermaydi. Himoya choralarini qoʻllash uchun V. k. belgilarini aniqlash zarur. Diagnoz qoʻyishda kasallik belgilari, hujayra ichidagi tarkibiy qism shakli, serologik reaksiya, kasallikning yuqumliligi, virus qismlarining morfologiyasi, kasallangan oʻsimlik shirasini bakteriologik filtrdan oʻtishi va b. hisobga olinadi.
Kasallikning oldini olish va kurash choralari: agrotexnik chora-tadbirlar; virus tashuvchi hasharotlarga qarshi kurash; virusga chidamli yoki oʻta sezgir navlarni ekish (qarang Oʻsimliklarni himoya qilish).


Yüklə 349,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin