1. Yorug’likning bosimi. P. N. Lebedev tajribasi. Kompton effekti



Yüklə 38 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü38 Kb.
#116188
1. Yorug’likning bosimi. P. N. Lebedev tajribasi. Kompton effekt


Bosimi va kompton effekti

Reja:



1. Yorug’likning bosimi.
2. P.N.Lebedev tajribasi.
3. Kompton effekti.

1. Yorug’likning bosimi. Maksvell nazariyasiga binoan, jism sirtiga tushayotgan har qanday elektromagnit to'lqin jismga bosim beradi. Bu bosim Р=w(1+), w - sirtga tushayotgan yorug’lik dastasi energiyasining hajmiy zichligi,  - sirtning yorug’lik qaytarish koeffitsiyenti. Yorug’lik bosimini birinchi bo'lib 1900 yilda P.N. Lebedev tajribada aniqladi: osongina buriladigan parrakning qanotlaridan biri qoraytirilgan, ikkinchisi esa yaltiroq qilib yasalgan. Bu qanotlarni navbatma-navbat yoritish natijasida hosil bo'ladigan paraklarning buralishlari taqqoslanadi. Yaltiroq sirt uchun  = 1. Shuning uchun Рya = (1+)=2w. Yorug’likni to'la yutuvchi qorayti-rilgan sirt uchun  =0. Natijada
Рx = (1+)=
nisbati
Ря / Рк = 2
Tajriba bu natijani tasdiqladi.
Yorug’lik bosimini kvant tasavvurlar asosida ham tushuntirish mumkin.
2. P.N.Lebedev tajribasi. Yorug’likning bosimini birinchi bo’lib o’lchash 1899 – yilda rus fizigi Lebedev tomonidan nasib etgan, yorug’likning qattiq jismlarga ko’rsatadigan bosimini o’lchash uchun o’tkazgan tajribasining sxemasi ko’rsatilgan. Qurilma havosi so’rib olingan idishda o’rnatilgan bo’lib, ingichka ipga osib qo’yilgan va “qanotchalar” biriktirilgan yengil osmadan iborat. Qanotchalar qalinligi 0,01mm dan 0,1 mm gacha bo’lgan oq va qoraytirilgan disklar shaklida bo’ladi. Ular osma atrofida aylanadigan o’qqa nisbatan simmetrik qilib o’rnatilgan. Tushgan yorug’lik oq va qoraytirilgan disklarga turli xil bosim ko’rsatadi. Natijada osmani tutib turgan ingichka ip aylantiruvchi moment ta’sirida buraladi. Yorug’likning bosimi aynan shu ipning burilish burchagi yordamida aniqlanadi. O’z navbatida, bu burilish qanotchalarga tushayotgan yorug’likning bosimi mavjudligini, bu bosim jism sirtining qaytara olish qobiliyatiga va tushayotgan yorug’lik oqimiga bog’liqligini ko’rsatadi.
3. Kompton effekti. Yorug’likning korpuskulyar xossalari Kompton effektida yorqin nomoyon bo’ladi. Amerikalik fizik Kompton 1923 yilda yengil atomli moddalarda monoxromatik rentgen nurlarining sochilishini o’rganayotib, sochilgan nurlanish tarkibida birlamchi to’lqin uzunlikli nurlanish bilan birga kattaroq to’lqin uzunlikli nurlanish borligini aniqladi. Tajribalar =- farq tushuvchi nurlanishning to’lqin uzunligi , sochuvchi jismga bog’liq bo’lmay, faqat sochilish burchagi  ga bog’liqligini ko’rsatdi:
 =  - = 2 с sin2 /2
bu yerdagi с Kompton doimiysi deb ataladi va с=2,41.10-12 m ga teng. Rasmda ko’rsatilgan D1, D2 diafragmalardan o’tgan ingichka rentgen nurlari Kr kristallga tushadi. Sochilgan nurlanishni Sn – spektrograf yordamida tekshirish mumkin. Nurlanish yo’nalishda (=0)  o’zgarmaydi, boshqa yo’nalishlarda   sin2 /2.
Shunday qilib, Kompton effekti deb nurlanish (rentgen,  - nurlanish) moddaning erkin elektronlarida sochilishi natijasida to’qin uzunligining ortishiga aytiladi.
To’lqin nazariya nuqtai nazaridan bu hodisani tushutirib bo’lmaydi. Elektron yorug’lik to’lqini ta’sirida shu to’lqin chastotasiga teng chastota bilan tebranishi va shu chastotaga teng to’lqin nurlantirishi kerak. Kvant nuqtai nazariga ko’ra rentgen fotonlarining kristall elektronlari bilan ta’sirlashganda yuqoridagi ifoda hosil bo’ladi. Bunda с = h/m0c hisob-kitoblar с uchun yuqoridagi son qiymatini beradi.
Adabiyotlar:



  1. I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." I-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.

  2. I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." II-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.

  3. I.V.Savelyev. "Umumiy fizika kursi." III-qism. Toshkent: O’qituvchi,1973 y.

  4. S.X. Astanov, M.Z. Sharipov, N.N. Dalmuradova, M.Sh.Ivayev "Fizik kattaliklar va ularning o'lchov biriliklari" elektron o'qitish kursi EHM uchun yaratilgan dastur. O'zbekiston Respublikasi davlat patent idorasi GUVOHNOMA № DGU 00975 Toshkent, 12 iyul 2005 y.

  5. A.G.G’aniev, A.K.Avliyoqulov, G.A.Almardonova “Fizika” I qism Toshkent 2007 y.

  6. S.X.Astanov, M.Z.Sharipov, N.N.Dalmuradova, R.V.Metanidze “Umumiy fizika kursining elektr bo’limidan” elektron darslik.

Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin