\Abu Nasr Farobiy va G`azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari
Reja:
1. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi
2. Forobiy tushunchalar
3. G‘azzoliy taqdirning muqarrarligi
Xulosa.
Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi.Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan.Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi. Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan. Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda.U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
5. «Risola fil Millatil-fazila».
6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar. Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yahshi ko'rar va qadrlar edi. Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi. Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi. Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham mumkin.Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini ko'ramiz.
Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz.Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak.Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan zotdir.
Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir.U holis yahshilikdir.
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish hodislar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi..aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Forobiy bilish ta’limotining boshqa jihatlarini ham o’rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish metodlari, jonli mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. Forobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi.
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari.
Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»[5].
Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir.
Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.
Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
2. Mantiq.
3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.
O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi. Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi. Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»[6]. Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini – hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»[7].«Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir[8]. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka. Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi. Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi.U his-tuyg‘u ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi.Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi.Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir.Faol aql badanda joylashgan ruh bilan bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi. Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidir. Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi» .Forobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari – ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga urinishi alohida e’tiborga sazovordir. Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo‘ladi. Uning deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish payti sifatida kelib chiqish mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama (posыlka)lar haqidagi ta’limoti ajoyibdir. Qiyosning (sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot (xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar - aksiomalar). Forobiyning asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va shunga o‘xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud.
U o‘zining «Begona» asarida inson hayotiga muhabbat kiribkelgandagina umrining mazmuni o‘zgarishi, buguni va kelajagi borligiga ishonchining ortishini uqtirib o‘tadi. Bu fikrlar A. Kamyudan sakkiz asr ilgari sharq tasavvufida G‘azzoliy asarlari orqali o‘z tasdig‘ini topib ulgurganini esgaolish, uning inson hayoti to‘g‘risidagi qarashlarining qanchalik chuqur ma’nogaegaligi va bugungi kunda dolzarb ekanligini tushunib yetishga imkon beradi.Inson hayotining mazmunini ochib berishda albatta insonning ixtiyor erkinligimasalasi ham juda muhim. Ayniqsa O‘rta asr falsafiy fikrlar rivojida taqdir va ixtiyorerkinligi masalasi ko‘plab baxslarga sabab bo‘lgan. G‘azzoliy ixtiyorerkinligiborasidagi qarashlarida taqdir muqarrar hodisa sifatida talqin etadi. Bunda ham bilim (bilish) birinchi o‘rinda turadi; ihtiyor bilimga bo‘ysunadi. Zero, inson nima o‘ziga yoqish yoki yoqmasligini bilim (bilish) orqali anglab yetadi. Umuman, ihtiyor erkinligi ihtiyorning o‘ziga xos turi, u nimagaki inson ishonchsizlik tuysa, o‘shanga nisbatan bo‘lgan aqliy munosabatdan yuzaga chiqadi. Ihtiyor erkinligi «kasb» tushunchasi bilan bog‘liq. Kasb - kasb etmoq, o‘ziga olmoq, o‘ziga yuqtirmoq singari ma’nolarni anglatuvchi tasavvufiy atama. Masalan, Xudo bir bandasini sinab ko‘rish uchun unga yomonlikni ravo ko‘rdi, deylik. Bu uning taqdiri, mutlaq muqarrar hodisa. Lekin yomonlikning ijrosi boshqa bir odam ixtiyoriga beriladi, ya’ni sinalayotgan bandaga yomonlik qilish-qilmasligi ana shu vosita-odamning ixtiyoriy tanloviga bog‘liq. U - erkin. Agar u yaxshilikni tanlasa - savob, yomonlikni tanlasa – gunoh uning bo‘yniga tushadi. Xuddi shuningdek, yomonlik ob’ekti bo‘lgan banda agar Xudoning sinoviga shukur bilan javob bersa, u suyuk, aksincha, shakkoklik qilib, Xudodan nolisa yoki yuz o‘girsa, u gunohkor banda3 Demak, G‘azzoliy taqdirning muqarrarligini ta’kidlagani holda, insonga ma’lum ma’noda ihtiyor erkinligi berilganini qayd etadi. Bulardan tashqari insonning hayotdan maqsadi ilohiy haqiqatga erishish, o‘zida go‘zal axloqni tarbiyalash va shu orqali komillikka yetishadi. G‘azzoliy ta’limotiga nazar tashlasak va sinchkovlik bilan o‘rganib chiqsak shunga guvoh bo‘lamizki, bu zotning xayotdan maqsadi ilohiy haqiqatni topish edi, va bu zot haqiqatni tasavvufdan topdi, demak inson hayotining mazmuni ham aynan o‘sha ilohiy haqiqatni topishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |