10- mavzu. Muloqot va kommunikatsiya jarayoni Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar mashq



Yüklə 55,4 Kb.
tarix13.05.2022
ölçüsü55,4 Kb.
#57873
akademik yozuv 15 may


10- Mavzu. Muloqot va kommunikatsiya jarayoni

Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

  1. - mashq.Hisobot matnidagi nuqtalar o'rnini tegishli so‘z va qo'shimchalar bilan to‘ldiring.

Sizning topshirig’ingizga binoan 10—15-sentabr kunlari Buxoro shahrida xizmat safarida bo’ldim.Bundan maqsad viloyat gazlashtirish idorasining xo‘jaligida xususiy xonadonlarga gaz o'tkazish: ellik kilometr (diametr 30 mm) truba yetkazib berish shartnoma tuzish edi.

Shartnoma tuzildi.Unga ko’ra trubalar shu yilning 20- noyabriga qadar xo‘jaligimizga keltiriladi.

Ilova: 2002- yil 15- sentabrda tuzilgan shartnoma nusxasidan.



  1. - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamada chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikrmulohaza bildirmoq.

Axborot bermoq – biror-bir narsa haqida ma’lu,ot bermoq ( xullas data….)

Bayonnoma - turli yig`ilish, kеngash va boshqatur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir.

So‘zga chiqmoq - barchaga o’z fikrini so’zlab berish uchun chiqmoq.

So‘z bermoq – biror-bir ish

Ovoz bermoq – biror-bir taklif yoki bitimlarda, saylovlarda insonlar tomonidan maqullanishi.

Muhokama qilmoq – biror-bir fikr yoki g’oyani insonlar bilan hal etish.

Tavsiya etmoq – maslahat bermoq..

Tayinlamoq – topshiriq berish, biror-bir lavozimga tayinlash.

Tasdiqlamoq – biror ish, harakat yoki g’oyani to’g’ri deb topmoq.

Faol qatnashmoq - birorjamoaning ijtimoiy hayotida, faoliyatida astoydil, berilib ishlaydigan shaxs, jamoatchi.

Zimmasiga yuklamoq – biror topshiriq yoki vazifani biror shaxsga topshirish.

Topshirmoq – berilgan vazifani bajarib ko’rsatish.

Ta’sis etmoq – tuzish,tashkil etish, joriy qilish.

Qaror qilmoq – amalga oshirish lozim bo’lgan qat’iy fikr.

Ma’ruza qilmoq - biror narsa haqida so’zlab berish.

Fikr-mulohaza bildirmoq – fikr yoki g’oya haqida o’z fikrini barchaga so’zlab berish.

6 - mashq.Quyidagi javob xatida tushirib qoldirilgan qo'shimchalarni to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga yozing.

«Xabar» gazetasining bosh

muharriri S. Safarovga

«Fidokor» gazetasi tahririyati tomonidan 2020- yil 3- martda yuborilgan 1-0190 raqamli so‘rov xatingizga javoban. Sizga shuni ma’lum qilamizki, mahallamizda yashovchi bir guruh yoshlarning 14- turar joy dahasida ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun yetarli sharoitlar yo‘qligi to‘g‘risidagi shikoyat xatida ko‘rsatilgan kamchiliklar, mahalla faollari yig'ilishining shu yil 23- martda o‘tkazilgan yig‘inida ko‘rib chiqildi.

Xatda ko'rsatilgan kamchiliklar asosiy ekanligi tan olindi. Yunusobod tumanining 14- dahasidagi qarovsiz qoldirilgan maydonlami tozalash, uylar hovlisidagi garajlarni oldirib, o‘yingohlarga aylantirish, mavjud sport inshootlarini ta’mirlash vazifalari «Hashar» kommunal xo'jaligi rahbari Q. Ochilovga topshirildi.

Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlarning ijrosi haqida tahririyatingizga qo'shimcha xabar qilamiz.



«Yunusobod» mahalla qo‘mitasi raisi (imzo) S. Olimov.

1-topshiriq. Klaster usulidan foydalanibmuloqotning xususiyatlarini ochib bering.


Yüklə 55,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin