10-Amaliy ish. Web xizmatlarni amalga oshirish tamoyillarini o‘rganish.
Veb xizmat bu – ma’lum bir veb manzildan yo‘naltirilgan standartlashtirilgan
interfeysga ega dasturiy tizim xisoblanadi.
Veb xizmatlar (SOAP, XML-RPC,
REST va boshqa)
protokollari yordamida
o‘zaro xabar almashinishi mumkin. Veb
xizmatlar servisga yo‘naltirilgan arxitektura
ilovasi qo‘llanilganda modul birligi bo‘lib
xisoblanadi. Veb xizmatlar doirasiga ma’lum
bir yo‘nalishga tegishli ma’lumotlardan
foydalanish, ularni taqdim etish va ko‘llash
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Veb xizmatlardan
foydalanishda to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter yo
brauzer bo‘lishi shart emas,
buning uchun
boshqa dasturiy ta’minot yoki qurilmalar
bo‘lishi xam mumkin. Misol uchun: turli smartfon va undagi dasturiy gadjetlar.
Yuqorida veb xizmat arxitekturasi va undagi 3 xolatning o‘zaro faoliyati
jarayoni keltirilgan.
- Buyurtmachi (service requester);
- Bajaruvchi (service provider);
- Katalog, dallol (service broker).
Xizmat ishlab chiqilgach “bajaruvchi (service provider)”
uni potensial
“buyurtmachilar (service provider)” topishi va murojat qilishi uchun “katalogga
(service broker)” joylashtiradi. Buyurtmachi katalogdan o‘ziga kerakli xizmatni
topganidan keyin WSDL-spetsifikatsiyani import
qilib oladi va mos ravishda
o‘zining dasturiy ta’minotini ishlab chiqadi. WSDL buyurtmachi va bajaruvchi
o‘rtasida ish jarayonida almashinadigan so‘rov va javoblar formatini yozadi. O‘zaro
aloqani ta’minlash uchun quyidagi standartlardan foydalanadi.
- XML kengayuvchi belgilar(markerlar) tili, strukturalashgan ma’lumotlarni
saqlash va uzatishga mo‘ljallangan.
- SOAP bu XML bazasida xabar almashinish protokoli.
- WSDL bu XML bazasidagi veb xizmatlarni tashqi interfeyini yozish tili.
- UDDI (Universal Discovery, Description and Integration)
Afzalligi
Veb xizmatlar platformaning turliligiga qaramasdan
dasturiy tizimlar
o‘rtasida o‘zaro aloqani xosil qila oladi. Masalan: Windows operatsion tizimidagi
C# klient Linux operatsion tizimida ishlaydigan serverning Java ilovasiga murojat
qila oladi.
Amalda qo‘llash
Vebning ob-xavo va valyuta kursi xizmatlaridan foydalanamiz. Buning uchun
ushbu xizmatni bizga taqdim etadigan serverni topishimiz kerak bo‘ladi, keyin esa
server bergan katalogdagi (service broker) ma’lumotlardan foydalanib o‘zimizning
maxsus ilovamizni yaratamiz, bizning misolda bu oldindan loyixalangan PHP saxifa
bo‘lib u bizning virtual serverimizda joylashgan(4-5 Amaliy ish mashg‘ulotlari
Veb xizmat arxitekturas
davomida ko‘rib chiqilgan).
Bunda biz www.nochi.com veb serveri taqdim etadigan (service provider)
ma’lumotlaridan foydalanib veb ob-xavo xizmatini yaratamiz, buning uchun Adobe
Dreamweaver dasturidan foydalanamiz, ya’ni oldindan
yaratib olgan kichik
loyixamizning tarkibiga ob-xavo xizmatini xam qo‘shib qo‘yamiz.
Yuqoridagi
sxemadan
ko‘rinib
turibdiki
biz
www.nochi.com
serverining
ma’lumotlaridan
foydalangan
xolda
odatiy
foydalanuvchi
mijozlar uchun ob-xavo xizmatini
shakllantirib beramiz.
Dastur
ketma
ketligi:
buning uchun oldindan tayyorlangan PHP saxifa Adobe Dreamweaver dasturi
yordamida ochib olamiz va saxifaning ob-xavo ma’lumotlari ko‘rinishi
kerak
bo‘lgan qismiga quyidagi kodlarni kiritib olamiz:
"http://www.w3.org/TR/xhtml1/DTD/xhtml1-transitional.dtd">
Ob - xavo
cellspacing="0">