10-amaliy mashg‘ulot. Sifatni baholash va nazorat qilishda metrologik ta’minotning o’rni



Yüklə 27,92 Kb.
tarix11.10.2022
ölçüsü27,92 Kb.
#64891
10-amaliy mashg‘ulot.


10-amaliy mashg‘ulot. Sifatni baholash va nazorat qilishda metrologik ta’minotning o’rni.
Mashg’ulotning maqsadi:

  • Talabalar bilan“Metrologiya tugrisida”gi qonunni muhokama qilib qo‘llanish soxasi bilan tanishtirish;

  • Ushbu qonunning sifatni taminlashda tutgan o‘rnini va moxiyatini ochib berish.

Kerakli qurilma va materiallar:

  • Tarqatma material;

  • kompyuter qurilmasi;

  • o‘quv qurollari.

Nazariy qism
Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun ustida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Bu qonun respublikamizda milliy metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot va xizmat masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar ushbu qonunda berilgan.
Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshirilishi ham ushbu qonunda belgilab qo‘yilgan.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi tomonidan davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti- vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonunlashtirilgan birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Metrologiya to‘g‘risidagi qonunga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 26 may 2000 yil Oliy Majlis Qarori bilan kiritilganO‘zbekiston Respublikasining qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 y., 2- son, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda; 2003 y., 5-son, 67-modda).

  1. BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

  1. modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
«metrologiya» — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
«yagona o‘lchov birligi» — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
«o‘lchov vositasi» — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
«birlik etaloni» — fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
«davlat etaloni» — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
«metrologiya xizmati» — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
«davlat metrologiya nazorati» — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
«o‘lchov vositalarini kalibrlash» — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
«o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish» — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
«metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish»

  • o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;

«o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish» — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
(1-moddaning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq o‘n ikkinchi—o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)

  1. modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

  1. modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.

  1. modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish Oldingi tahrirga qarang.

Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
«O‘zstandart» agentligi vakolatiga:
metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash;
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 9 fevraldagi 53-son «O‘zbekiston Respublikasi milliy etalon bazasini shakllantipish va metpologik ta’minlashni takomillashtipish to‘g‘pisida»gi qaroriga qarang.
o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; metrologiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish; O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4°-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid normativ hujjatlarO‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin. (Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq 4°-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)

  1. BO‘LIM. FIZIK O‘LCHAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISH VA QO‘LLASH

  1. modda. Fizik o‘lcham birliklari Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.Fizik o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari «O‘zstandart» agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi VazirlarbMahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq fizik o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.

  1. modda. Fizik o‘lchamlar birliklarining etalonlari. Fizik o‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda).

  1. modda. O‘lchov vositalari

Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnika vositalarini o‘lchov vositalariga mansub deb topish mezonini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)

  1. modda. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari

Oldingi tahrirga qarang.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6- son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)

  1. BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI

  1. modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.

  2. modda. Davlat metrologiya xizmati

Oldingi tahrirga qarang.
«O‘zstandart» agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda) Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

  1. modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.

Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.

  1. BO‘LIM. DAVLAT METROLOGIYA TEKSHIRUVI VA NAZORATI

  1. modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati

organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari

hisoblanadi:
etalonlar; o‘lchov vositalari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari; axborot-o‘lchov tizimlari; o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.

  1. modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar

Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
(14-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda) zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash; davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.

  1. modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari Oldingi tahrirga qarang.

Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;
o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda); o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda «O‘zstandart» agentligi qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67- modda)

  1. modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash.

Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)
Tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shart.
Boshqa davlatlarning o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etiladi.

  1. modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish

Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda)
Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o‘lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17*-modda.O‘lchov vositalarini kalibrlash
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.
(17!-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5- son, 67-modda) (Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 82-II- son
Qonuniga muvofiq 17!-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

  1. modda. O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish

Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 dekabrdagi 539-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Nizomga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18°-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu Qonunning 14- moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq 18°-modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)

  1. modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 213-moddasiga qarang.

  1. BO‘LIM. METROLOGIYA ISHLARINI MOLIYAVIY TA’MINLASH

  1. modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash Davlat tomonidan quyidagilar:

metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish; metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash; metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishga qatnashish;
metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
metrologiya bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
(20-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fizik o‘lcham birliklarining etalonlarini va o‘ta aniq namunaviy o‘lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
(20-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda) moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma’lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta budjetdan moliyaviy ta’minlanishi shart. (20-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

  1. modda. Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lashO‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo‘yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to‘lanadi.

(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh., 1993 yil 28 dekabr, 1004-XII-son

  1. Ishni bajarish tartibi

  1. “Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuni nechta bo‘lim va moddadan iborat

  2. Ushbu qonunning 3,5,bo‘limlari nima xaqidaligini izoxlab bering

  3. 7-va 17 moddalarni yoritib bering

  4. Ushbu qonunning amaliy jixatlari nimalarda namoyon bo‘ladi

  5. “Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuning 1- moddasida qanday tushunchalar keltirilgan

  6. “Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonunning qaysi moddasida Fizik o‘lchamlar birliklarining etalonlari to‘g‘risida gap boradi

  7. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunning 16- moddasiga binoan O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritish qaysi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi

  8. Metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish konunning qaysi bo‘limida keltirilgan.

  9. Ixtiyoriy uchta moddani yozma ravishda yoritib bering

Nazorat savollari

  1. Metrologiya to‘g‘risidagi qonuni qachon ishlab chiqilgan va qachon o‘zgartirish kiritilgan?

  2. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunda qanday masalalar bayon etilgan?

  3. “Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonunining asosiy ahamiyati nimalardan iborat?

  4. “Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonunida yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari to‘g‘risida nima deyilgan?

Yüklə 27,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin