10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy muassasalari



Yüklə 15,31 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü15,31 Kb.
#95767
10.Амалий машғулот


10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy muassasalari.
Reja.
1. Markaziy banklar.
2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar.
3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar.


Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQSHda ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha bahzi masalalarni bajarish mahlum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga o‘tkaziladi.
Davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalanadi.
Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan bahzi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning mahlum parametrlariga, masalan, muhmaladagi pul miqdoriga tahsir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati bahzi davlatlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular mahlum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar.
Bank mahlum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQSHda Federal Reserve System (Federal zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan tahminlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat iqtisodiy o‘sishini tahminlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri bilan nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining to‘liq bandligini tahminlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
- iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;
- riskni boshqarish;
- savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish;
- iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) mahlu-moti bilan tahminlash;
- stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini tahminlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan mahlumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Yüklə 15,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin