22-modda. Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, ma’muriy-boshqaruv jarayonining beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish;
o‘z ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda ma’muriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
soddalashtirilgan ma’muriy tartib-taomillarni joriy etish;
davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash.
Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 23-modda. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash;
adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini ta’minlash;
ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini o‘tkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish;
davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)