Abonent biror maʼlumotni, masalan, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi.
SHAXSIY VARAQCHA
Internet varaqchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
RASMIY VARAQCHA
Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kompaniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.