10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə32/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu PB

Birinchisi — qatnashchilar faolligini ta’minlashdir. Bu tamoyilni amalga oshirish uchun mashq qatnashchilari turli faol harakatlar — videomashklar, o‘yinlar, guruhiy bahslarga jalb etiladi.
Ikkinchisi — mashq qatnashchilarining tadqiqotchilik, ijodiy nuqtai nazarini namoyon qilishi tamoyilidir. Mashq davomida qatnashchilarning o‘zlari o‘rtaga qo‘yilgan muammoni mustaqil ravishda hal etish zaruratini tug‘diradigan vaziyatlar muntazam yaratib turiladi.
Uchinchisi — xatti-harakatni ob’ektivlashtirish tamoyili bo‘lib, ijtimoiy-psixologik mashq qatnashchilarining xatti-harakati butun mashq davomida bir xil darajada bo‘lishiga intilinadi. Ular ob’ektiv xatti-harakatini to‘liqroqtasavvur etishlari uchun mashqto‘laligicha yozib olingan videotasmalarni tahlil etish yaxshi samara beradi.
To‘rtinchisi — muloqot sharoitlarida bilish jarayonlarini maqbullashtirish tamoyilidir. Muloqot sharoitlarida mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish samaradorligi ortadi. CHunki, bunda mashg‘ulot mavzusi suhbatdosh tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar hisobiga boyiydi.
Beshinchisi — sheriklik munosabati tamoyilidir. U qatnashchilar psixologik nuqtai nazarlari tengligi, boshqa inson shaxsi qadrini e’tirof etish, suhbatdoshi manfaatini hisobga olish, hamfikr va hamdard bo‘lish kabi sifatlar orqali namoyon bo‘ladi.
YUqorida bayon etilgan tamoyillarni izchil joriy etish ijtimoiy-psixologik mashqlarni personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha an’anaviy usullarni qo‘llaganga qaraganda sifat jihatdan yuqori natijaga erishish imkonini beradi. Gap shundaki, ushbu mashqlar tinglovchilarning o‘zlarini, o‘z psixologikxususiyatlarini, hayajon va ehtiroslarini, shuningdek, o‘zga insonlar psixologiyasini to‘laroq va chuqurroq anglash imkoniyatini beradi. Mashqlar jarayonida tinglovchilarda o‘zini-o‘zi tahlil etish, o‘ziga va o‘z xatti-harakatiga chetdan turib qarash qobiliyati shakllanadi va rivojlanadi. Bu esa inson o‘z xatti-harakatlarini o‘zi boshqara olish salohiyatini ko‘rsatadi. Xuddi shu shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi va takomillashtirishining zarur shartidir. Bundan tashqari, ushbu uslubdan qo‘llanish rahbar, menejer shaxsining faollik, ziyraklik, fikrlash sifatlarini rivojlantirish, boshqaruv faoliyatini yuksak manfaatlariga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda odatdagi ma’ruza va seminarlar qatori „ko‘rgazmali ma’ruzalar” ham qo‘llanilmoqda. Bu usulda o‘qituvchi mashg‘ulotni savol-javob tariqasida tashkil etadi. Savol-javoblar ham o‘ziga xos: amaliy o‘yinlar, mashqlar, muhokama qilinayotgan muammoni hal etish mas’uliyatini tinglovchi zimmasiga yuklash shakllarida bo‘ladi. Mavzuga oid nazariy tushunchalar albatta „ko‘rgazmali” vositalar: muammoli vaziyatlar, ulardao‘zini qanday tutish fikr-mulohazalari, xayoliy tajribalar va hokazolar bilan to‘ldirib boriladi. O‘qituvchi o‘tilayotgan mavzuga qayta-qayta, ammo har gal boshqa tomondan, boshqa nuqtai nazardan, boshqa hal qilish usuli orqali yondashadi. „Ko‘rgaz-mali ma’ruzalar"ning mohiyati o‘rganilayotgan masala to‘g‘risida tinglovchilarda juda to‘kis, mukammal, chuqur tasavvur hosil qilishdir.
Personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning xorijiy tajribasi boydir. Amerika Qo‘shma SHtatlarida 1500 ta oliy o‘quv yurti professional menejerlar tayyorlashni amalga oshiradi. Bu mamlakat universitetlari studentlarining 25 foizi menejmentni o‘rganishga ixtisoslashadi. Ularni tugallaganlarning 25 foizi esa amaliy ma’mur yoki biznes magistri (Master of Business Administration — MVA) darajasini olish uchun o‘qishini davom ettiradi.1
Umuman boshqaruv magistri (MVA) AQSHda rahbar xodimlar tayyorlash tizimida asosiy o‘rinni egallaydi. U quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Rahbarlarni menejment va biznes sohasidagi oliy maktab negizida fundamental tayyorlash.

  2. Magistratura — akademik daraja olish hamda biznesga rahbarlik qilishga amaliy yo‘naltirilgan ta’lim tizimining uchin-chi bosqichidir. Uning quyidagi turlari mavjuddir:

  • MVAning ishdan ajralgan holdagi kunduzgi dasturi (full-time);

  • MVAning ishdan ajralgan holdagi kechki dasturi (part-time executive MVA);

  • yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun MVAning ishdan qisman ajralgan holdagi kunduzgi-sirtqi dasturi (modular executive MVA);




Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin