muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ’ib etishdir albatta, bunda
xalqaro me’yoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi
alohida ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasida shtrix kodlashtirish quyidagi standartlar asosida
amalga oshiriladi:
O‘z DSt 6.17.01:1999 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish.
Mahsulotlarni shtrix kodlashtirish tizimi. Umumiy qoidalar.
O‘z DSt 6.17.02:2000 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish.
Atama va ta’riflar.
O‘z DSt 6.17.03:1999 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish.
Korxonalarni ro’yxatga olish, ko’rib chiqish va mahsulotlar EAN kodini bekor qilish
tartibi.
O‘z DSt 6.17.04:2001 (ISO/MEK 15420) Avtomatik identifikatsiyalash.
SHtrix kodlashtirish. EAN belgilari tartibi.
O‘z DSt 6.17.05:1999 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish.
Iste’mol tovarlari va transport qadoqlashga EAN shtrix belgilarini joylashish tartibi.
Umumiy talablar.
O‘z DSt 6.17.07:2001 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish.
Mahsulotga O‘z TNT kodini ro’yxatga olish,
tayerlash, ko’rib chiqish va bekor
qilish tartibi.
O‘z RH 51-097:2000 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish.
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilaetgan tovarlarni
davlat shtrix kod
ro’yxatini yuritish tartibi
O’zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo,
1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish to’g’risida" nomli qonunniing 4 moddasida ko’rsatilgan - iste’molchining
xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot
olish huquqini
amalga oshirishda yangi zamin yaratadi.
SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi:
avtomatlashtirilgan
boshqaruv
tizimlarining
tadbiq
etilishini
osonlashtiradi;
ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash
va realizatsiya qilish kabi
faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;
resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;
hujjatlar aylanishini qisqartiradi;
mahsulotni realizatsiya qilish va
harakati haqidagi ishonchli
ma’lumotlarni muntazam ravishda yig’ishni yo’lga qo’yish mumkin;
boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi
ma’lumotlarni tavsiya etish.
Biroq, xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati
borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni
istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish
vositasda hal etilishi
mumkin. Biroq, buning uchun sertifikatlashtirish yo’li bilan tasdiqlanuvchi,
standartlarning majburiy talablarining ro’yxatini kengaytirish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: