berildi;
O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi
tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari YeAN shtrixli kodlari bilan
tamg’alanadigan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish hamda
tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy
rahbarlik qilish uchun "EAN Uzbekistan" tovarlar va xizmatlarni avtomatik
identifikatlashtirish markazi tashkil etish belgilangan;
"O’zstandart" agentligi tomonidan shtrixli kodlarning original-
maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli
kodlash tizimini joriy etish bo’yicha yagona siyosatni amalga oshirish yo’lga
quyildi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli
kodlarining davlat reestrini yuritila boshladi;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash
tizimi qo’llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy
materiallarni ishlab chiqildi;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarni turli
manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’mirlash funktsiyalari olib
borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda "O’zstandart" agentligi
bilan birgalikda 1999 yil sentyabrь oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo’jaligi
va savdo korxonalari vakillarini ko’rsatib o’tilgan tizimni qo’llash xususiyatlari
bilan tanishtirish uchun "O’zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli
kodlash)" mavzuida respublika seminari o’tkazsin.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli
kodlashni:
Eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi
etiketkalar yoki o’rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni
tamg’alashi;
Boshqa barcha tovarlarni tamg’alashni joriy etish tavsiya qilindi.
Ushbu qarorda belgilab qo’yilganki, o’z mahsulotiga "EAN International"
shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari undan
ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: