Telnetning buyruq holati
Telnet orqali ulanilsa, uzoqdagi kompyuter bilan ishlash imokoniyati paydo bo’ladi va siz uzatadigan buyruqlar uzoqdagi kompyuterda bajariladi. Telnetda buyruq holati va bevosita holatda ishlash imkoniyati mavjud. Buyruq holatida ishlashning belgisi bo’ladi. Bu holatdan hozir siz ishlayotgan kompyuter uzoqlashgan kompyuterda ishlayotgan bo’lsa, undan chiqish uchun Enter bosiladi.
Telnet uzoqlashgan kompyuter bilan bog’lanishi boshqaruvchi buyruqlarga ega.
Telnetning buyruq holatida ishlatiladigan ba’zi bir buy-ruqlarni keltiramiz.
? command
|
Bu buyruq yordam beruvchi buyruqdir. Agarda command bo’lmasa, telnetning hamma buyruqlar ro’yxatini chiqaradi. Agarda command parametr bo’lsa, unda faqat shu buyruqga oid yordamni beradi.
|
Open hostname
|
Bu buyruq bo’yicha hostname ismli kompyuter bilan aloqa bog’laydi. Hostname sifatida domen nom yoki IP manzil ishlatilishi mumkin.
|
Close
|
Bu buyruq yordamida uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish bekor qilinadi. Agar buyruq satrida xost nom ko’rsatilgan bo’lsa, unda u bilan bog’lanish seansi yopilishi bilan telnet dan ham chiqadi.
|
Quit
|
Bu buyruq joriy bog’lanishni uzadi va telnet dan chiqishga olib keladi.
|
Status
|
Bu buyruqni ishlatilishi ekranda telnetning joriy holatini ko’rsatadi. Bunda uzoqdagi kompyuter nomi ham ekranda paydo bo’ladi.
|
set escape
|
Bu buyruq yordamida telnetning buyruq rejimiga o’tishni belgilovchi simvol almashtirilishi mumkin.
|
Dostları ilə paylaş: |