Telnet
Telnet dasturi uzoqda joylashgan kompyuter tarmog’iga kirish vositasi bo’lib, shu bilan birga Internetda mavjud ma’lumotlar bazasiga ham kiradi. U quyidagi buyruq yordamida ishlaydi.
Telnet xost kompyuter nomi
Misol: telnet ams.org.
Bunda siz Amerika matematika jamiyati xost kompyuteri bilan ulanasiz. Shunday qilib, Telnet ikki kompyuterni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Telnet orqali xost kompyuter bilan bog’lanilganda, undagi dasturlar avtomatik ravishda ishga tushib ketishi va xost kompyuterda mavjud turli ma’lumotlar tezgina olinishi mumkin. Telnet dasturi emulyatsiya qiluvchi dasturdir, ya’ni agar siz klaviaturadan uzoqdagi kompyuterga jo’natilayotgan buyruqlarni tera boshlasangiz, siz bu buyruqlar bajarilishini natijasini o’z monitor ekraningizda ko’rib, go’yoki o’z kompyuteringizda ishlayotgandek his qilasiz. Shuning uchun ham kompyuterda ishlash terminal emulyatsiya qilish deb ataladi.
FTPdan Telnetning asosiy farqi shundan iboratki, FTPda uzoqdagi kompyuterga fayl uzatiladi yoki undan qabul qilinadi. Telnetda esa uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish natijasi unda mavjud xizmatlar bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |