10-mavzu: Xalqaro yuqori impact factorli jurnallar haqida ma'lumot


Impakt faktor qanday hisoblanadi?



Yüklə 110,45 Kb.
səhifə2/3
tarix20.02.2023
ölçüsü110,45 Kb.
#85071
1   2   3
Мавзу 9 10.

Impakt faktor qanday hisoblanadi?
Bu uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
IF(yil)=A/B
A – bu yerda aniqlanayotgan yil davomida jurnaldagi maqolalarga berilgan iqtiboslar soni;
B – esa aniqlanayotgan yildan avvalgi ikki yillikda jurnalda chop etilgan maqolalar soni.

Misol bilan tushuntiraman. Masalan, “Zookeys” degan jurnalda deylik 2018-yilda 500 ta, 2019-yilda esa 480 ta maqola chop etilgan. Ushbu ikki yillik maqolalarga 2020 yil davomida hammasi bo‘lib 1040 marotaba havola berilgan. Endi mana shu ko‘rsatkichlardan foydalanib, Zookeys jurnalining 2020-yil uchun IF ni aniqlaymiz.

IF(2020)= 1040:(500+480)=1.061

Demak, ushbu jurnalda 2018-2019 yillar davomida chop etilgan maqolalarning har biridan o‘rtacha 1 tadan iqtibos keltirilgan. Jurnalning IF=1.061 ga teng. Bu o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, aslida qaysidir maqoladan shu davr oralig‘ida 10-15 marta iqtibos keltirilgan, qaysidir maqoladan esa umuman iqtibos keltirilmagan bo‘lishi ham mumkin. Albatta IF hisoblanayotganda bu kabi jihatlar ham hisobga olinadi.


Impakt faktorni kim hisoblaydi?
Mana bu eng muhim savol. Chunki bu ish bilan hamma ham shug‘ullanmaydi. Hozirgi vaqtda ilmiy jurnallarning IF ko‘pchilik tan oladigan Thomson Reuters ga qarashli “Clarivate” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shu bois ham turli “qaroqchi jurnallar”ning (bular qanaqa jurnal ekanligi haqida avval batafsil yozganman) o‘zlariga IF=5 yoki IF=8 deb qo‘yib olganiga ishonib qolmaslik kerak. Clarivate ning ommaviy saytidan kirib, jurnallarni mustaqil tekshirib ko‘rish lozim.
Impakt faktor nimaga kerak?
Bu ham muhim savol. Tadqiqotchining maqola chop etishdan maqsadi tadqiqotlari davomida qo‘lga kiritgan fandagi biror yechilmagan masalaning yechimini ommaga taqdim etish va uning maqolasini boshqa tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘qilish, foydalanish hisoblanadi. Agar sizning maqolangizdan hech kim iqtibos keltirmasa, demak uni hech kim o‘qimayapti, hech kim o‘qimaydigan maqolaning esa olim odamga mutlaqo foydasi tegmaydi. Shu bois sizning ishlaringizni boshqa olimlar o‘qiydigan jurnallarga berishga harakat qilasiz. Jurnalning IF qanchalik katta bo‘lsa, demak uni shuncha ko‘p odam o‘qiydi. Bu degani sizning maqolangizdan shuncha ko‘p iqtibos keltirish ehtimoli ortadi deganidir.

Yüklə 110,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin