SARALASH
1-mavzu
MATRITSALI –GA-
10.Olimlar Yevroosiyodagi X larni "Sayyoramizning yashil o'pkasi " deb atashadi.
J:Tayga
20.Sanskrit tilida "Birlashish","Muloqot" deb ayting.
J:Yoga
30."Mening personajlarim kosmosga kosmonavtlardan oldinroq chiqishga"
Ushbu so'zlar muallifi Kim?
J:Mark Shagal
40.Ushbu futbol klubi emblemasini teskari aylantirsanguz ham unda hech qanday o'zgarish sezmaysiz.
Savol:Bu jamoa qaysi va u nechanci yilda tashkil topgan
J:Gannover 96(1896)
50.Gambiya -Afrikadagi Senegal bilan qo'shni bo'lgan kichkina davlat.80-yillar bu ikki davlat qo'shilgan va bu konfederatsiyaga Shunday nom tanlangan.Qanday?
J:Senegambiya
2-mavzu
Matritsa -ona-
10. Yahudiy maqoli: Odam Ato birinchi baxtli inson edi. Chunki unda U bo'lmagan. U?
J: Qaynona
20. 1960-yil 30-oktabrda Lanus shaxrida tug'ilgan. ,,Argentenos Xuniors" klubi uy stadioni uning nomi bilan ataladi.
J: Maradona
30. ,,Bug'doy g'arami" so'zlaridan olingan tuman qaysi viloyatda joylashgan?
J: Farg'ona
40. She'riy savol:
Asraymiz o'simlik xillari tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini,
Hatto atroflarin o'rab atayin
X deymiz so'ngra otini
X ni toping?
J: Qo'riqxona
50. U Smit tahallusi ostida darvozabonlik qilgan va MCC kreket jamoasida yuqori ddarajadagi o'yinlar o'tkazgan?
J: Konan Doyl
3-mavzu
Mavzu: Initsialli F-P
10. 1 yoshgacha-2 yil, 1 dan 16 yoshgacha - 5 yil, 16 yoshdan keyin - 10 yil. Gap nima haqida borayapdi?
Javob: Fuqarolik passporti
20. 1954-yil Vengriya,1962-yil Ispaniya tarkibida Jahon Chempionatida qatnashgan futbolchi?
Javob: Ferents Pushkash
30. Bu davlat etimologiyasiga etibor qilsak, birinchi so'z Yevropa davlati, ikkinchisi esa so'zma-so'z tarjima qilinganda ,,ko'p orol" ma'nosini bildirasi?
Javob: Fransiya Polineziyasi
40. U faoliyatini ,,yulduzlar" yig'ish bilan boshlagan. Ularning asosiylari fransuz,portugal,braziliyalik va ikki ingliz.?
Javob: Florentino Perez
50. «Dunyoga nafrat to’g’risida»,«Uzlatdagi hayot to’g’risida»,«Afrika»,«Kantson`ere» kabi asarlar muallifi?
Javob: Franchesko Petrarka
4-mavzu
O'zbek retro filmlari
10. BU film 1978-yil butunittifoq filmlar festivalida yoshlar uchun eng omadli film nominatisyasida g'alaba qozonadi.
J: Shumbola
20. Ssenariysi Abdulla Qahhor tomonidan tarjima qilingan BU film tez orada OVOZA bo'ldi.
J:Mahallada duv duv gap
30. Yo'ldosh A'zamov tomonidan olingan BU film o'zbek xalqining san'atga qanchalik oshufta ekanligini ochib bergan
J: Maftuningman
40. Rahmat Fayzi ssenariysi asosida olingan BU filmning rus varianti nomida biz bir qiz ismini uchratishimiz mumkin.
J:Yor-yor
50. Bu film asosida xalqni spirtli ichimlik ichishdan qaytarish bo'lgan. Hattoki bayramlarda ham.
J: To'ylar muborak
YARIM FINAL
BIRINCHI O’YIN
1-mavzu
U nimadan qilingan?
1.Oruelning “Hayvonlar fermasi” asarida qo’zg’olonchi hayvonlar fermerning xotinining yashil dasturxoniga tuyoqlar va shox rasmini chizib uni yasashgan.
J: Bayroq
20.Vetnam va Xitoyda uni 100 xil narsa xomashyosi deya ulug’lashadi.
J: Bambuk
30. 3. Virjiniyadagi Lurey g’orida 37 ulardan va organdan foydalanib ajoyib musiqa asbobi yasalgan.
J: stalaktit
4. Uning asosi titan va po‘latdan yasaladi, ichki qismi esa ko‘plab amortizatorlardan iborat.
J: qora quti(yarim soatgacha olovga bardoshli va amortizatorlar turli urilishlardan saqlaydi)
5. Yusuf Flaviy yozishicha uning ibodatxonasidagi ilohiy idishlar juda qimmatbaxo orixalkalardan qilingan ekan.
J:Sulaymon ibodatxonasi(Sulaymon o‘ta boy bo‘lgani ma'lum)
2-mavzu
"Garri potter va hikmatlar toshi"
10.Filmda Tushunmovchilikka sabab bo'lgan Garridagi X aslida tavqi lanat belgisi deb talqin qilingan.
J:Chandiq
20.Garri Potterga atalgan Sexrli tayoqchani tayyorlashda aynan shu qush patidan foydalanilingani aytiladi.
J:Feniks
30.Sexrgarlar maktabi katta zalidagi dekoratsiyada yulduzlar o'rniga sexrlangan X lardan foydalaniladi.
J:Shamlar
40.Magicland kompyuter o'ynida siz qishloqqa hujum qilgan afsungarni taqib qilishingiz va omadingiz kelsa ortga SHU NOMLI(MARKALI) transportda qaytishingiz mumkin.
J:Limus
50.Yaponiyadagi bazi innovatsion savdo markazlarida Undan foydalaniladi.Filmda ham Uni ko'rishingiz mumkin.U?
J:Yo'nalishni o'zgartiruvchi zinalar
3-mavzu
mashxur ispanlar
10. Uning asaridagi hayvonlarning ingichka oyoqlari gunohlarni anglatadi?
Salvador Dali
20. Chap qo'l betsipsi o'ngidan 15% ga kattaroqligi ham UNING chapaqayligini ko'rsatib turibdi. Lekin qizig'i shundaki,U odatiy hayotida o'naqay hisoblanadi?
Rafael Nadal
30. Bodegas Anta Natura vino brendi sohibi hisoblanuvchi USHBU inson ,,Kolumbdan so'ng Amerikani zabt etgan ikkinchi ispan" deya tariflanadi?
Antonio Banderas
Top-100 eng chiroyli erkak ro'yxatida 24-o'rin va h.k
40. Madridda Pushkin yodgorligi ochilgandan so'ng, Moskvadagi Do'stlik bog'iga USHBU ispan haykali o'rnatildi?
Megil de Servantes
50. Sport nashrlarida Uning qaytishi Zlatanni Milanga qaytishi bilan ko'p bora tenglashtirildi?
Fernando Alonso
4-mavzu
Nafaqat Sherali Jurayev qo'shiqlari
10. Uning ilk yaratuvchisi Nuh a.s hisoblanadi. Nimani?
Javob: Kema
20.V. Irving uni mantiqan flot deb atash kerak degan. Ekzyuperi fikricha esa uni dushmanlar xujumidan ham ko‘ra, yulduzlarning so‘nishi birinchi navbatda yakson qiladi.
Uni ayting?
Javob: karvon
30. Venera sayyorasini qadimda ajdodlarimiz aynan shu nom bilan atashgan. Qaysi nom?
Javob: Zuhro yulduzi
40.Varvara Petrovnaning turmush o'rtog'i unga uylanishidan oldin o'zidan katta bo'lgan bir qizni yoqtirib qolib, keyinchalik hayoti davomida bu haqida Asar ham yozadi va uni shunday deb nomlaydi. Qanday?
Javob: Birinchi muhabbatim
50. Arab tilidan tarjimasi saodatli, g'olib degan ma'nolarni anglatadi. Venera, Yupiter va quyoshning bir chiziqda tutashganda tug'ilgan farzandga beriladigan nom. Bu qaysi nom?
Javob:Sohibqiron
IKKINCHI O’YIN
1-mavzu
Kosmetika
10.
Bu kompaniya 1991-yildan 2001-yilgacha " Russkaya Liniya " deb atalgan?
J: Faberlic
20.
Bu kompaniyaning nomlanishi Shekspirning ona shahri bilan bog'liq va uning ma'nosi to'kilayotgan suvdir?
J: Avon ( Stretford Eyvon, Stratford on Avon )
30.
Bu nomni kompaniyaning birinchi kremi olgan va lotin tilidan oppoq deganidir?
J: Nivea
40.
Arman Ptijan bu kosmetika nomini Fransiyadagi qasr nomiga o'xshatib qo'ygan?
J: Lancome ( Lancosme )
50.
1907-yilda muhandis - kimyochi Yudjin Shiller soch uchun umuman zarari bo'lmagan bo'yoqni yaratdi. Bugungi kunda biz uni qanday ataymiz?
J: L' Oreol ( L' Aureale ( Oreol )
2-mavzu
Matritsali Tit
10. Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 22, atom massasi 47,88.
Javob: Titan
20. Yunonchadan jigar manosini bildiruvchi bu so'z — jigar yalligʻlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhiga kiradi.
Javob: Gepatit
30. Kitobning-uning nomi, muallifi, nashr qilingan yili va joyi, nashriyot yoki uni nashr etuvchi tashkilot nomi koʻrsatilgan birinchi beti.
Javob: Titul
40. Davlat, qoidaga ko'ra yuqori, hokimiyat organlariga yozma tarzda taqdim etiladigan jamoaviy iltimosnoma
Javob: petitsiya
50. Inson tanasini tuzilishi faqat 4 mineraldan iborat: bular: aragonit, kaltsit, kristobalit, to'rtinchisi esa aynan mavzuyimizga mos
Javob: apatit
3-mavzu
Mavzu: Yovuzlar
10. Ushbu yovuzga atalgan bir hazil plakatda u itini sayrdan olib kelayotib, qoʻshimchasiga doʻkondan 5 ta sumkani koʻtarib olgani tasvirlangan. Uning ismini bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 soʻzda aytin?
Javob: Otto Oktavius
Izoh: Uning 6 ta qoʻli bor edi, 2 tasi oʻziniki va 4 tasi mexanik qoʻllari
20. Juda koʻplab jinoiy faoliyatlaridan soʻng ushbu Aristokrat, laqabiga mos tarzda "Aysberg" nomli klubga egalik qila boshlagan. Kim?
Javob: Pingvin
Betmen dushmanlaridan biri
30. Forbesning 2020-yilgu maʼlumotlariga koʻra bu shotlandiyalik 14.5 mln dollar boylik bilan 8 oʻrinni band etgan. Bu qaysi personaj?
Javob: Flixard Glomgold
Skruj Makdakning dushmani
40. 2014-yilda katta ekranlarda paydo boʻlgan bu personaj oʻzida Megatronning kuch va xarakterini jamlagan holda deseptikonlarning yangi sardoriga aylanadi. Uning ismini ayting?
Javob: Galvatron
Odamlar tomonidan yaratilgan, lekin Megatron miyyasi qoʻyilgan deseptikon.
50. Morii va Gundabad orglari sardori boʻlgan bu yovuz, Gnomlar qiroli Trorni boʻlaklarga boʻlib tashlagan. Oʻzi esa besh qirollik jangi vaqtida Torin Emanqalqon tomonidan oʻldiriladi. Ushbu yovuzni ayting?
Javob: Azog Murdor
4-mavzu
Filmlardagi metallar
10. Ushbu metall Rosomaxaga hatto Kapitan Amerika qalqonini parchalashga imkon beruvchi oʻtkir tirnoqlarni hadya etgan. Qaysi metall?
Javob: Adamantium
20. Qadimiy ustalar tomonidan ajdarxo olovida eritilib sehr bilan ishlangan bu poʻlatdan mashhur "Bevaning yigʻishi" va " Sodiq qasam" kabi qirollik qilichlari tayyorlangan. Bu poʻlat qaysi shaharda tayyorlanadi?
Javob: Valiriyada
Izoh: Taxtlar oʻyini serialidagi Valiriya poʻlati haqida gap bordi
30. Komikslarda Nemor(suv osti hukmdori) aynan shu metallning suv ostidan qazib odamlar tomonidan qazib olinayotganini bilganidan soʻng quruqlik bilan jangga kirmaslik toʻgʻrisidagi qonunni buzadi. Qaysi metall?
Javob: Vibranium
40. Ushbu metall yulduz yadrosi energiyasi yordamida eritiladi. Undan esa bizga tanish myolnir, Gungnir, Bivrost qilichi kabi mashhur qurollar yaratilgan. Metall nomini uch harfda ayting ?
Javob: Uru
50. Tolkien kitoblaridagi ushbu metall orglar yaqinlashganda nur taratishi, juda yengil va hadda tashqari oʻtkirligi bilan franshizadagu xalqlar orasida shuhrat qozongan. Qaysi metall?
Javob: Narsil
FINAL
1-mavzu
Mavzu: yopiq
10
Ushbu asarning original nomi "Alif layla va layla" hisoblanadi. Asarni o'zbek tilidagi nomini ayting
J: Ming bir kecha
20
Asar davomida podshohga vazirning qizi 1001 kecha mobaynida ertaklar aytib chiqadi. Podshoh va qizning bir xil harfdan boshlanuvchi ismlarini ayting
J: Shahriyor va Shahrizoda
30
Ertakdan birida bir kishi tushida Bag'dodni tark etishi va Qohiraga borib u yerdagi xazinani topishini ko'radi. Ammo sayohatidan so'ng uyga qaytadi va uyidan xazina topib oladi. Tanqidchilarning fikricha, 1988-yilda chiqqan kitob voqealari ushbu ertakdan olingan. Qaysi kitob?
J: Alkimyogar
40
U boylik uchun dengizda sayohat qilayotganda orolga o'xshash yerga kelib qoladi, lekin bu joy ustida daraxtlar o'sgan ulkan baliq ekanligini sezib qoladi. U kim?
J: Sinbad
50
"Uch olma" ertagida olma yo'qolishi tufayli bir yigit xotinini xiyonatda ayblab o'ldiradi. Keyinchalik esa qotillikni aniqlayotgan vazir qizining cho'ntagidan olma topib oladi va olmani qiziga bergan o'z quli aslida uni o'g'irlaganini aniqlaydi. Ushbu ertak haqidagi maqolada ALFAga havola mavjud. ALFAni ikki so'zda ayting
J: Chexov miltig'i
2-mavzu
Mavzu: mashxur biologlar
10
U 5 yillik sayohatlari haqida "Beagle (BIGL) sayohatlari" asarini ham yozib qoldirgan
J: Charlz Darvin
20
Pergama shahrida tug'ilgan U bir necha Rim imoeratorlarining shaxsiy shifokori bo'lgan. O'z anatomik tajribalarini maymun va cho'chqalar ustida o'tkizgan. Ibn an-Nafis uni o'pkada qon aylanishini kashf etgan deb yozgan. U kim?
J: Galen
30
Ushbu chex biologi haqida ishlangan "Xudoning bog'i" uning turli xil tomorqa mahsulotlarini yetishtirayotganini ko'rish mumkin.
J: Gregor Mendel
40
Taksonomiya biologik organizmlarni guruhlash va guruhlarga nom berish hisoblanadi. XVIII asrda yashab o'tgan ushbu shved biologi taksonomiyaning otasi hisoblanadi.
J: Karl Linney
50
Mikrobiologiya fanining otasi aynan shu daniyalik hisoblanadi.
J: Anton van Levenguk
3-mavzu
Mavzu: mashxur tojiklar
10
Dushanbe shahri meri bo'lgan Rustam ushbu shaxsning o'g'li hisoblanadi.
J: Emomali Rahmon
20
858-yilda tug'ilgan U haqida Tojikistonda "Shoirning qismati" kinofilmi ham ishlangan. U kim?
J: Rudakiy
30
"Doxunda" va "Qullar" asari bilan mashxur bo'lgan U o'z vaqtida Tojikiston Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti hisoblangan.
J: Sadriddin Ayniy
40
Ushbu akademik sharafiga Xo'jand davlat universiteti nomlangan bo'lib, uning "Tojikon (Tojiklar)" asari tarix fanida muhim o'rin tutadi.
J: Bobojon G'ofurov
50
Yevrovideniya 2021 tanlovida "Rus ayoli" qo'shig'i bilan Rossiyani himoya qilgan uning asl familiyasi Hamroyeva bo'lib, 1991-yilda Dushanbeda tug'ilgan. U kim?
J: Manija
4-mavzu
Mavzu: javoblar "ta" bilan boshlanadi
10
Edvard Berrouz o'z asari uchun mangani deb nomlanuvchi maymunlar tilini o'ylab topgan. Savol: o'sha asar bosh qahramoni kim edi?
J: Tarzan
20
Uning nomi AQSh g'arbidagi ko'l nomidan olingan bo'lib, yurtimizda uni 1mlrd 200mlnga xarid qilish mumkin.
J: Tahoe
30
Inuitlarda tunniit - yuzdagi u bo'lib, ayollar go'zallik belgisi hisoblangan. Dinimizda esa u xarom hisoblanadi.
J: Tatuirovka
40
Yunonchada U "tartibga solish usuli" degan ma'noni anglatib, morfologik, fiziologik va boshqa belgilarni ham o'rganadi.
J: Taksonomiya
50
Uning nomi atstek tilida "o'rtada" degan ma'noni berib, go'shtning hamir o'rtasiga qo'yilishini anglatadi.
J: Tako
Izoh: meksika milliy taomi
5-mavzu
Mavzu: Kinomaniya
Kino franshizalarining nomlari aytiladi, siz esa kino nomini topishingiz kerak
10. 2 - Qiyomat kuni, 3 - Mashinalar isyoni, 4 - Najotkor, 5 - Genezis, 6 - Og'irt qismat. Qaysi film?
J: Terminator
20. 1- Shaxsiyat, 2- Ustunlik, 3- Ultimatum. Barchasini kim birlashtiradi?
J: Born (Jeyson Born)
30. 2- Buzuqilar qasosi, 3- Oyning qorong'u tomoni, 4- Qirg'in davri, 5 - So'nggi ritsar. Qaysi film?
J: Transformerlar
40. Bu savol sizni chalkashtirib yubormasligiga umid qilaman.
1 - Xavfli tuzoq, 2 - Olov iskanjasida, 3 - O'limga qarshi. Qaysi film?
J: Labirintdagilar
50. 2 - Rossiya so'zi bor, 3-, 9-, 17- oltin so'zi bor, 14-, 16- qotillik so'zi bor. Savol: 23-da qaysi joy nomi uchraydi?
Javob: Skyfall (Shotlandiya)
Izoh: Barchasi Jeyms Bond filmlarining qismi. Rossiyadan sevgi bilan, Goldginger, Oltin to'pponchali odam, Oltin ko'z, Qotillik ko'rinishi, Qotillikka ruxsatnoma, 007: Skayfol koordinatalari.
Dostları ilə paylaş: |