9. Tools (Uskunalar). 10. Window (Oynalar). 11. Help (Yordam).
3. Delphiuskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli. Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlaming tugmalari joylashgan bo‘lib, bu ulami asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Uskunalar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo‘lib, ularga yangilarini qo'shish, ba’zilarini olib tashlash mumkin. Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish elementlari bo‘lib, ular komponentalar panelining yigirmadan ortiq jildlariga joylab chiqilgan.
4. Delphi oynalari. Delphi ning bosh oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo‘lib, ularning bosh oyna ichida joylashishini o‘zgartirish, ulami yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchisi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning oMchamlarini o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalami sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi deb ataymiz.
5. Delphida loyihalar yaratish va saqlash. Delphida yaratiladigan ilovalar proyektlar (loyihalar) deb ataladi va maxsus Projects papkasida saqlanadi. Ular Pascal da yaratilgan ilovalardan ancha murakkab bo‘lib, ulami saqlash uchun bir nechta fayl kerak bo'ladi.