10-SINF Fizika 3-CHORAK I – variant 1. Jismdagi uning barcha massasi to'plangandek bo'ladigan nuqtasi qanday ataladi?
A) og'irlik markazi B) geometrik markaz C) massa markazi D) fizik markaz
2. Jismning turg'unligi nimalarga bog'lq ? I. jism og'irligiga II. jism asosi yuzi kattaligiga III. ag'daruvchi kuchning og'irlik markazidan qanchalik uzoqda A) I B) II C) III D) I, II, III
3. Gapni to'ldiring: "Jism aylanish o'qiga ega bo'lmasa, u muvozanatda bo'lishi uchun unga ta'sir etuvchi barcha kuchlar … nolga teng bo'lishi kerak." A) ayirmasi B) yig'indisi C) ko'paytmasi D) bo'linmasi
4. Harakatlanayotgan suyuqlik yoki gazlardagi dinamik bosim nimaga bog'liq ?
A) suyuqlik yoki gaz turiga B) tezligiga C) suyuqlik yoki gazlardagi turiga D) bosimga
5. Gapni to'ldiring: "Harakatlanayotgan suyuqlik yoki gazlarning tezligi kichik bo'lganda … degan oqim hosil bo'ladi." A) turbulent B) laminar C) uyurmali D) laminar, y'ani girdobli
6. Kuch momenti qaysi harf bilan belgilanadi ?
A) F B) l C) N D) M
7. Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarganda uni dastlabki holatiga qaytaruvchi kuch hosil bo'lsa, bunday muvozanat qanday ataladi ?
A) farqsiz B) turg'unmas C) turg'unD) Bunday bo'lishi mumkin emas
8. Gapni to'ldiring: "Kuchning kuch yelkasiga ko'paytmasiga teng bo'lgan kattalik ….. deb ataladi." A) kuch momenti B) kuch yelkasi C) richag D) oddiy mexanizm
9. Polispast bu - …
A) faqat ko'char bloklardan iborat to'plam B) faqat ko'chmas bloklardan iborat to'plam
C) Bitta ko'char va bitta ko'chmas blokdan iborat to'plam
D) Bir necha ko'char va ko'chmas bloklar ulanmasidan iborat to'plami
10. Yo'lning aylanma qismida harakatlanayotgan velosipedchi beixtiyor aylana markaziga tomon biroz og'anadi. Bunga qanday kuch sabab bo'ladi ?
A) markazdan qochma kuch B) ishqalanish kuchi
C) havoning qarshilik kuchi D) markazga intilma kuch
11. Suyuqlik oqim tezligi katta bo'lgan joylarda uning bosimi kichik bo'ladi va aksincha suyuqlik oqim tezligi kichik bo'lgan joylarda uning bosimi katta bo'ladi. Bu qonuniyat kim tomonidan topilgan ? ______________________________