10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari
1-mavzu: 1918-1939-yillarda xalqaro munosabatlar (26 ta)
1.Parij tinchlik konferensiyasi qaysi yillari bo’lib o’tdi?
A. 1919-yil 18-yanvardan 1921-yil 21-yanvargacha
B. 1918-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha
C. *1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha
D. 1920-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-fevralgacha
2. Parij tinchlik konferensiyasida nechta davlat vakillari qatnashgan?
A. 22 ta
B. 24 ta
C. 19 ta
D.* 27 ta
3. “Katta uchlik” davlatlarini sanab bering.
A. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya
B. Yaponiya, AQSH, Fransiya
C. AQSH, Fransiya, Rossiya
D.* AQSH, Fransiya,Buyuk Britaniya
4. Devid Lloyd Jorj kim edi?
A. Fransiya bosh vaziri
B. Buyuk Britaniya bosh vaziri
C. AQSH prezidenti
D. Buyuk Britaniya qiroli
5. Parij tinchlik konferensiyasida Fransiya vakili bo’lib kim ishtirok etadi?
A. Devid Lloyd Jorj
B.* Jorj Klemanso
C. Vudro Vilson
D.Eduard Dalad’e
6. Germaniya qachon Versal tinchlik shartnomasini imzoladi?
A.* 1919-yil 28-iyunda
B. 1919-yil 28-iyulda
C. 1919-yil 28-avgustda
D. 1919-yil 28-aprelda
7. Versal tinchlik shartnomasiga ko’ra Birinchi jahon urushining boshlanishiga yagona javobgar deb qaysi davlat e’lon qilindi?
A. Italiya
B. Turkiya
C. AQSH
D.*Germaniya
8. Germaniya g’olib davlatlar foydasiga qancha reparatsiya to’lashi kerak edi?
A. *132 mlrd. Marka
B. 123 mlrd. Marka
C. 432 mlrd. Marka
D.132 mlrd. dollar
9. Millatlar Ligasi kimning tashabbusi bilan tashkil qilingan?
A. Devid Lloyd Jorj
B. Jorj Klemanso
C. *Vudro Vilson
D. Eduard Dalad’e
10. Millatlar Ligasining asosiy vazifasi qilib nimalar belgilandi?
A. Jahonda tinchlik uchun kurash
B. xalqlar o’rtasida hamkorlik
C. xavfsizlik masalalari
D. *barchasi to’g’ri
11. Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi?
A. *ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi
B. bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi
C. iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi
D. to’g’ri javob yo’q
12. Qaysi xalqaro tashkilot g’olib davlatlarning dunyoni o’zaro bo’lib olishiga qonuniy tus berdi?
A. BMT
B. Versal tinchlik shartnomasi
C.* Millatlar Ligasi
D. Versal-Vashington tizimi
13. Qaysi maqsadda Vashington konferensiyasi chaqirildi?
A.* Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muommolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida
B. Sharq va Tinch okeanidagi hayvon va baliqlarni ovlashni tartibga solish maqsadida
C. Sharq va Tinch okeanidagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida
D. Sharq va Tinch okeanidagi chegaralarni bo’lishib olish maqsadida
14. Vashington konferensiyasi qachon bo’lib o’tdi?
A. 1921 yil 12-noyabrdan 1922-yil 9-fevralgacha
B. 1919 yil 18-yanvardan 1920-yil 21- yanvargacha
C. 1921 yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha
D. 1918-yil 14 martdan 1922-yil 21-martgacha
Dostları ilə paylaş: |