1000 voltgacha kuchlanishli tarmoq reja



Yüklə 31,79 Kb.
tarix25.10.2022
ölçüsü31,79 Kb.
#66205
1000 voltgacha kuchlanishli tarmoq reja


1000 voltgacha kuchlanishli tarmoq


REJA:
1. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektruskunalarni
2. 1000 voltgacha kuchlanishli tarmoq
3. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan uskunalarda


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektruskunalarni ishlatishdagi umumiy xavfsizlik qoidalari Operativ xodim-galma-gal operativ ulab-uzishlarni bajaradigan va elektroustanovkalarga joriy qarab turadigan navbatchi yoki boshqa shaxslardir, operativ - remontchi xodim esa maxsus o‘qitilgandan so‘ng operativ ulab- uzishlarga qo‘yilgan remontchi xodimdir. Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan elektruskunalarga yakka o‘zi xizmat ko‘rsatadigan operativ (yoki operativ-remontchi) xodimning yoxud smena boshlig‘ining malakasi 3 gruppadan past bo‘lmasligi kerak. Bu odamlarning xar qaysi o‘chirgichlar va boshqa kommutatsion apparatura bilan yakka o‘zi ish ko‘rishi mumkin, bu ishlar tirab qo‘yiladigan narvonda turib bajariladigan hollargina bundan mustasnodir: bu erda 2 gruppali Yordamchi bo‘lishi kerak.
Operativ xodimlarning vakillariga yakka o‘zi ko‘zdan kechirish uchun taqsimlash shchitlari, boshqarish pultlari, ishga tushirish qurilmalarining eshikchalarini ochishga ruxsat beradi, ammo ko‘zdan kechirishda shchit, yig‘malar, trolleylarning ihotalarini, ogohlantirish plakatlarini olib qo‘yish, ihotalardan o‘tib ketish, tok eltuvchi qismlarga tegish va agar buzuqliklarni tuzatishda kuchlanish ostida turgan qismlarga yaqinlashish zarur bo‘lsa, bunday ishlarni bajarish yaramaydi. Aniqlangan buzuqliklarni ish jurnaliga Yozib qo‘yish va boshliqqa xabar berish kerak. Biroq, quyida aytib o‘tiladigan ba’zi ishlarni operativ xodim joriy ishlatishdagi ishlarni bajarish tartibida qilishi mumkin.
Ishlab turgan elektr uskunalarda bajariladigan hamma ishlar (operativ ishlardan tashqari) xavfsizlshik tadbirlarni nuqtai nazaridan 4 kategoriyaga bulinadi:

  1. kuchlanish to‘la uzib qo‘yilganda - batamom uzib qo‘yilgan asbob-uskunada (taqsimlash shchiti, elektr dvigateli) bajariladigan ish, bunda xuddi shu xonada turgan boshqa asbob-uskunalarning uzib qo‘yilmagan tok o‘tkazadigan qismlari yoki yaxshi izolyasiyalab qo‘yilgan bo‘lishi, yoki mustaxkam, batamom berkitib turadigan ihotaga ega bo‘lishi, yoxud ishlab turgan odamlar ularga tasodifan tegib ketishi mumkin bo‘lmagan masofada turishi shart;

  2. kuchlanish qisman uzib qo‘yilganda - asbob-uskunaning boshqa qismlari ishlab turgan bir vaqtda uning uzib qo‘yilgan qismlarida bajariladigan ish, yoki ayni asbob-uskunaga beriladigan kuchlanish batamom uzib qo‘yiladi, ammo shu xonaning o‘zida ish joyidan turib boshqa asbob-uskunaning tasodifan tegib ketishi mumkin bo‘lgan, uzib qo‘yilmagan tok eltuvchi qismlari bo‘ladi;

v) kuchlanishni uzmasdan - kuchlanish ta’sirida turgan tok eltuvchi qismlarda bevosita bajariladigan ishlar;
g) kuchlanishni uzmasdan - tok eltuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.
Kuchlanishni batamom yoki qisman uzib qo‘yib bajariladigan ishlarda amalga oshiriladigan xavfsizlikning texnikaviy tadbirlariquyidagilardan iborat:

  1. ishlash to‘g‘ri keladigan tok eltuvchi qismlar, shuningdek, tegib ketish mumkin bo‘lgan qismlar uzib qo‘yiladi (agar bular quruq izolyasion materiallardan yasalgan shchitlar bilan puxta ihotalab qo‘yilgan bo‘lsa, uzmasa ham bo‘ladi);

  2. uzib qo‘yadigan hamma apparatlarning dastalariga “Ulanmasin - odamlar ishlayapti!” deb yozilgan plakatlar osib qo‘yiladi, chunki bu dastalar yordamida ish joyiga yanglishib kuchlanish berilishi mumkin;

v) tasodifan tegib ketishi mumkin bo‘lgan, uzib qo‘yilmagan tok eltuvchi qismlarni vaqtincha izolyasiyalovchi ihotalar o‘rnatiladi. Ihotalar oldin quruq latta bilan artiladi va izolyasiyalovchi asosda turib, dielektrik qo‘lqoplar bilan ushlab o‘rniladi. Ihotalarga “To‘xta - hayot uchun xavfli!” deb yozilgan plakatlar osib qo‘yiladi;
g) nominal kuchlanishi 380 V dan yuqori, ba’zi hollarda esa kuchlanishi 380/220 V bo‘lgan uskunalarda ham erga ulovchi shinaga (Yoki nolinchi simga ulovchi simga) strubsina Yoki quloqli vintlar Yordamida (agar u erga ulovchi shinada ko‘zda tutilgan bo‘lsa) Yoxud prujinalanuvchi qisqich Yordamida (o‘tkazgichning o‘zini burab ulash mumkin emas!) maxsus ko‘chma egiluvchi mis o‘tkazgich ulab qo‘yiladi;

  1. tok eltuvchi qismlarni doimiy ihotalari olinadi va har qaysi fazada erga nisbatan kuchlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi. Kuchlanishni ko‘rsatkich, voltmetr ham kuchlanish yo‘qligini tekshirishdan oldin bevosita tekshirib ko‘riladi;

  2. uzib qo‘yilgan tok eltuvchi qismlarga oldindan erga ulanishga (yoki nolinchi simga) ulab qo‘yilgan erga ulovchi (nolinchi simga ulovchi) ko‘chma o‘tkazgich tashlab qo‘yiladi. Bunda dielektrik qo‘lqoplar yoki maxsus shtangalardan foydalaniladi. So‘ngra erga ulanish tok eltuvchi qismlarga strubsinalar yoki boshqa qisqichlar bilan puxta mahkamlab qo‘yiladi. Tok eltuvchi qismlar hamma fazalarda ish o‘rniga yanglishib kuchlanish berish mumkin bo‘lgan hamma tomonlaridan erga ulanadi, lekin erga ulanish o‘rnatiladigan joy o‘chirgichlar uzib qo‘yilgan, saqlagichlar olingan, shinalar demontaj qilingan holda ish olib borilayotgan tok eltuvchi qismlardan to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak;

j) ish o‘rnida «shu erda ishlansin» deb yozilgan plakat osib qo‘yiladi.

  1. Kuchlanishi 1000 v dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarni ishlatishdagi eng muhim umumiy havfsizlik qoidalari

Bu qoidalar ko‘p jixatdan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan ustanovkalarga taalluqli xavfsizlik qoidalariga o‘xshash. Quyida faqat kuchlanishi 1000 V dan yuqori uskunalar uchun xarakterli bo‘lgan qoidalar keltiriladi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan uskunaga yakka o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan operativ xodimning malakasi yoki smenaga boshliq qilib tayinlangan xodimning malakasi 4 gruppadan past bo‘lmasligi kerak. Tok eltuvchi qismlardan uzoqda ishlaganda ish bajaruvchi 3 malaka gruppasiga ega bo‘lishi mumkin.
Bunday uskunalarni 5 malaka gruppasiga ega bo‘lgan ma’muriy texnik xodim va ayni uskunaga xizmat ko‘rsatayotgan, malakasi 3 gruppadan past bo‘lmagan operativ xodim yakka o‘zi ko‘zdan kechirishi mumkin. yakka o‘zi ko‘zdan kechirishda ihotadan ichkariga kirish yoki taqsimlash qurilmalari (TQ) ning kameralariga kirish man qilinadi. Agar shunday qilish zarur bo‘lsa, u holda xodimning malakasi 4 gruppadan past bo‘lmasligi va o‘tish yo‘llarida izolyatorlarning pastki flanetslarigacha bo‘lgan masofa kamida 2 metr bo‘lishi, ihotalanmagan tok eltuvchi qismlarigacha bo‘lgan masofa esa kuchlanish 35 kV gacha bo‘lganda kamida 2,75 metr bo‘lishi kerak. Agarda bu masofalar kam bo‘lsa, ko‘zdan kechirish paytida malakasi 3 gruppadan past bo‘lmagan ikkinchi shaxs bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, kuchlanish 15 kV gacha bo‘lganda tok eltuvchi qismlargacha bo‘lgan masofani kamida 0,7 m bo‘lishiga, katta kuchlanishlarda - shu jumladan 35 kV gacha kuchlanishda 1 m va 110 kV dan 1,5 m masofa bo‘lishiga rioya qilish kerak.
Yopiq TQ larga erga ulangan joyga yoki erga ulangan konstruksiyalarga 4-5 m gacha masofaga Yoki shikastlangan uchastka uzib qo‘yilmaganiga qadar ochiq TQ larda 8 m gacha yaqinlashish mumkin emas. Faqat uni uzib qo‘yish yoki shikastlangan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uchungina yaqinroq kelishi mumkin, lekin bunda dielektrik boti yoki gilamchalardan foydalanish kerak.
Ish o‘rinlarini tayyorlashda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalardagi kabi texnikaviy va tashkiliy xavfsizlik tadbirlari o‘tkaziladi. Ammo ulardan farqli o‘laroq, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan uskunalarda uzib qo‘yilgan tok eltuvchi qismlarda ularni erga ulamasdan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi, uzib qo‘yilgan kommutatsion apparatlarning yuritmalari hamma vaqt berkitib qo‘yilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan uskunalarda ish o‘rinlarini tayyorlashda vaqtinchalik ko‘chma erga ulanishlarni tok eltuvchi qismlarga ikki kishi bo‘lib mahkamlanadi. Shuningdek, ish tugagach, uni ikki kishi bo‘lib, olib qo‘yiladi. Ish o‘rinlarini tayyorlashdagi ulab-uzishlarda ham, erga ulanishni qo‘yishda ham ikkinchi shaxs bajarishi mumkin.Uskunalarni faqat mexanik yuritmali ajratgichlarning erga ulovchi pichoqlari yoki maxsus izolyasion shtanga yordamida yakka kishi erga ulashi mumkin, bu shtanga ko‘chma erga ulanishlarni tok eltuvchi qismlarga tegmasdan ularga mahkamlashga imkon beradi. Ammo shunday shartlarga rioya qilinganda ham, bunga uskunaga yakka bo‘lib xizmat ko‘rsatishda ruxsat beriladi.Ochiq podstansiyalarda erdan turib ishlashda ish o‘rinlari arqonlar bilan ihotalab qo‘yiladi, ularga yozuvi ihotaning ichkarisiga qaragan ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi. Portallar va ularga o‘xshash konstruksiyalarda ishlashda ularga “shu erdan chiqilsin”, yondosh konstruksiyalarga esa “Chiqma - o‘ldiradi!” deb yozilgan plakatlar mahkamlab qo‘yiladi.

  1. Himoyalash uchun yerga ulash prinsiplari

Elektr dvigateli yoki transformatorning korpusi, elektr yoritgichning armaturasi yoxud elektroprovodkaning trubalari tok eltuvchi qismlardan izolyasiya qilinganligi tufayli normal hollarda erga nisbatan kuchlanish ostida bo‘lmaydi. Ammo izolyasiyalar buzilganida bu qismlardan istalgan biri kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin, bu kuchlanish ko‘pincha faza kuchlanishiga teng bo‘ladi.
Tok o‘tkazuvchi qismlarning izolyasiyasi shikastlanganda odamlarning elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida birqancha choralar ko‘riladi, bu choralarning ichda eng keng tarqalgani elektr uskunalarning normal holda kuchlanisho‘ ta’sirida bo‘lmagan metall qismlarini himoyalash uchun erga ulash yoki ularni nolinchi simga ulashdir. Kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lgan uskunalarda neytralning har qanday rejimida va kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan neytrali erga ulanmagan uskunalarda himoyalash uchun erga ulash, kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan, neytrali erga ulangan uskunalarda esa nolinchi simga ulashdan foydalaniladi.

Himoyalash uchun erga ulash shundan iboratki, erga ulanadigan metall qismlar elektr o‘tkazgich vositasida erga ulagichga, ya’ni erga bevosita tegib turgan metall buyumga yokishunday buyumlar gruppasiga biriktiriladi. Bunday buyumlar ko‘pincha, erga vertikal qoqilib, ularga payvandlab mahkamlangan po‘lat polosa yordamida er ostida o‘zaro birlashtirilgan burchaklik sterjenlardan iborat bo‘ladi. Himoyalash uchun erga ulash tufayli, erga ulangan qismga tekkanida odamga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kuchlanish ancha kamayadi. Ammo bu kuchlanish nolga teng, Chunki er bilan elektrik bog‘langan hamma narsada erning potensiali, ya’ni nol potensial bo‘lishi kerak degan noto‘g‘ri fikr tarqalgan. Gap shundaki, erni elektr toki o‘tishiga biror qarshilikka ega bo‘lgan, tok yo‘li bo‘ylab kuchlanish tushuvi sodir bo‘ladigan, ya’ni erga ulagich yaqinida va undan katta uzoqlikda







Yüklə 31,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin