Taʼlim muassasalarining elektron axborot-ta’lim muhitini shakllantirish zz
102-guruh talabasi
BO‘RONOVA SITORABONU
Taʼlim muassasalarining elektron axborot-ta’lim muhitini shakllantirish
Barcha sohalar qatori axborot-kutubxona faoliyati sohasini takomillashtirishga, bugungi kun talabi bilan tashkil etilayotgan axborot-resurs markazlarida xalqimizning kitobxonlik imkoniyatlarini har jihatdan kengaytirish, qiziqish va xohishlarini o‘rganish, bu boradagi tajribalarni ommalashtirishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-381 sonli qarorida ta’lim muassasalari o‘quvchilari va aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashish, yangi axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish, ta’lim muassasalari
ARM’da uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, bular elektron axborot-resurs texnologiyalari bo‘limi, bosma adabiyotlar va elektron axborot resurslari bo‘limi va axborot-resurslarini qabul qilish va fondlarni shakllantirish bo‘limlaridir.
Mazkur bo‘limlar o‘zlarining ish faoliyati davomida bosma adabiyotlarni elektron variantga ko‘chirish, o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan elektron darslik, qo‘llanmalar va barcha elektron resurslarni qabul qilish va foydalanuvchilarga yetkazish, tavsiya ko‘rsatkichlari, kitobxonga esdaliklarni tayyorlash hamda nashr etish ishlarini amalga oshiradi.
 Shuningdek, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlarning adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish va statistik ma’lumotlarni yig‘ib, alohida qayd etib borish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, bu bo‘limdagi kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan va doimiy ravishda, foydalanuvchilarga o‘quv jarayonida kerak bo‘layotgan turli ma’lumotlarni topishda yordam beradi.