1023-o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari



Yüklə 451,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix05.12.2023
ölçüsü451,07 Kb.
#174074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

Avtomatik uzaytirish
Agar Mijoz Tarif paketlarining biriga ulangan bo'lsa va Hisob-kitob davrining tugash vaqtiga
uning Shaxsiy hisobvarag'ida Tarif paketini uzaytirish uchun yetarli pul mablag'lari bo'lsa,
Shaxsiy hisobvaraqdan amaldagi Tarif paketini to'liq Hisob-kitob davriga uzaytirish uchun
abonent to'lovi yechib olinadi. «Cheklanmagan SMS xabarlar» va/yoki Cheklanmagan Ilovalar
xizmatlari ham avtomatik ravishda uzaytiriladi. Agar Tarif paketiga «Cheklanmagan SMS-
xabarlar» opsiyalari va/yoki Cheklanmagan Ilovalar opsiyalari ulangan bo'lsa, paket faqat ushbu
opsiyalar bilan birga uzaytirilad.
Agar Tarif paketini unga ulangan barcha xizmatlar bilan birga avtomatik uzaytirish uchun pul
mablag'lari yetarli bo'lmasa, Tarif paketi opsiyalarsiz uzaytirilmaydi (Mijoz xizmatlarni avtomatik
uzaytirishni o'chirib qo'ygan holat bundan mustasno), xizmatlar quyidagi shartlar asosida
tarifikatsiya qilinadi:
Paket tugaganidan keyin 15 kun davomida:
O‘zbekiston Respublikasi raqamlariga SMS — har biri 180 so‘mdan;
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi — 0 so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi abonent raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi — 180 so‘m
Internet tarmog‘iga kirish taqdim etilmaydi.
Mijoz «Boshlang'ich» tarifiga o'tgunicha foydalangan Tarif paketini unga ulangan barcha
xizmatlari bilan birga uzaytirish uchun yetarli bo'lgan pul mablag'lari Shaxsiy hisobvaraqqa kelib
tushganida, Tarif paketi barcha xizmatlari bilan bunday mablag' kelib tushgan vaqtdan boshlab
ulanadi.
Paket tugaganidan keyin 15 kun o‘tib tugaganidan keyin xizmatlar «Boshlang'ich» tarifi shartlari
bo'yicha tarifikatsiya qilinadi.
Foydalanish bo'yicha cheklovlar
Tariflar va Tarif paketlari bitta Abonent qurilmasida bitta SIM-kartaga nisbatan foydalanish
uchun mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga o'rnatilgan SIM-kartadan bunday Abonent
qurilmasiga simli va simsiz kanal orqali ulangan boshqa qurilmalar bilan Provayder aloqa
xizmatlaridan foydalanishning qo'shimcha imkoniyatlarini ta'minlash uchun foydalanish faqat
"Super 0 GB" va "Cheksiz Internet" Tarif paketlarida ruxsat etilmaydi, “Cheksiz internet” Tarif
paketida “Bir kunlik internet tarqatish” tarif opsiyasini ulash bundan mustasno. Qolgan Gigabayt


Tarif paketlarida boshqa qurilmalar tomonidan sarf qilinadigan trafik Cheksiz Ilovalarning
ulangan Opsiyalari mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, Tarif paketi doirasida
maksimal tezlikda taqdim etilgan hajmni sarflaydi. Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik
hajmi ishlatib tugatilganida boshqa qurilmalar tomonidan trafik sarf qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Barcha Tariflarda, Tarif paketlarida piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanishda (jumladan,
BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish texnologiyalari yordamida)
Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik soniyasiga 32 kbit'gacha
chegaralanadi.
Tariflar va Tarif paketlari smartfonlar yoki planshetlarda foydalanishga mo’ljallangan, agar
Arizada boshqa shartlar ko’rsatilmagan bo’lmasa. Smartfon yoki planshetdan tashqari boshqa
qurilmalardan foydalanilganligi aniqlangan holatlarda barcha Tariflarda, Tarif paketlarida tezlik 0
kbit/s gacha chegaralanishi mumkin. SIM-kartadan smartfon yoki planshetda foydalanilsa ushbu
cheklanish amal qilishda davom etmaydi.
Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib qolish
maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga haqli.
Xizmatlarni, Tarifni, Tarif paketlarini boshqarish HUMANS.uz mobil ilovasidan (Ilovadan)
foydalangan holda amalga oshiriladi. Ilovani Mijoz o'z abonent qurilmasiga o'rnatib olishi kerak.
Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy
oqibatlar uchun Provayder javobgar emas.
Roumingda Mobil internet xizmatiga ega bo'lish uchun Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idagi
mablag' 30 000 so'mdan kam bo'lmasligi kerak.

Yüklə 451,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin