11- §. Elektromagnetizm



Yüklə 177 Kb.
səhifə2/2
tarix24.11.2022
ölçüsü177 Kb.
#70216
1   2
2-mashg`ulot. Magnit maydoniga doir masalalar yechish.

11.1. 5 a tok o`tayotgan cheksiz uzun o`tkazgichdan 2 sm uzoqlikdagi nuqtada magnit maydonining kuchlanganlngi topilsin.

  1. 1 a tok o`tayotgan, radiusi 1 sm bo`lgan doiraviy sim o`rami markazidagi magnit maydonining kuchlanganlngi topilsin.

  2. 5 2-rasmda tokli cheksiz uzunlikdagi ikkita to`g`ri o`tkazgichning kesimi tasvirlangan. O`tkazgichlar AV oraligi 10 sm, It=20 a, I2==30 a, M2A =2 sm, M2A=4 sm va VM3=3sm. I1 va I2 toklarning M1 M2 va M3 nuqtalarda hosil qilgan magnit maydoni kuchlanganlngi topilsin.

  3. Oldingi masala toklar bir tomonga yo`nalgan hol uchun yechilsin.

11.5. 53-rasmda tok­li cheksiz uzunlikdagi uchta to`g`ri o`tkazgich­
ning kesnmi tasvirlan­gan. Oraliqlar AV=VS=5sm, I1=I2=I, I3= 2I. AS chiziqdagi I1, I2 va I3 toklarning hosil qilgan magnit maygdon kuchlanganligi nolga teng bo`lgan nuqta topilsin.

  1. Oldingi masala uchala tok bir tomonga yo`nalgan hol uchun yechilsin.

  2. C heksiz uzunlikdagi ikkita to`g`ri o`tkazgich bir-biriga tik ravishda bir tekislikda yotadi (54- rasm).

I1= 2 a va I2= 3 a bo`lganda M1 va M2 nuqtalardagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin. M1A=M2A=1 sm.
11.8. Cheksiz uzunlikdagi ikkita to`g`ri o`tkazgich bir-biriga tik bo`lib, o`zaro tik tekisliklarda yotadi (55- rasm).
I1= 2 a va I2=3 a bo`lganda M1 va M2 nuqtalardagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin. M1A=M2A=1 sm va AV= 2 cm.
11.9. Ikkita to`g`ri uzun o`tkazgich bir-biridan 10 sm uzoqlikda joylashgan. O`tkazgichlardan qarama-qarshi yo`nalishda I1,=I2=5 a tok o`tmoqda. Har bir o`tkazgichdan 10 sm narida turgan nuqtadagi magnit maydoni kuchlanganligining qiymati va yo`nalishi topilsin.

  1. Vertikal holatda joylashgan o`tkazgich bo`ylab yuqoridan pastga l = 8 a tok o`tadi. Yer va tok magnit maydonlari qo`shilishidan hosil bo`lgan maydonning kuch­laiganligi o`tkazgichdan qanday r uzoqlikda yuqoriga ver­tikal yo`nalgan bo`ladi? Yer maydonining gorizontal tashkil etuvchisi H2= 0,2 e.

  2. Tokli to`g`ri o`tkazgichning AV kesmasi o`rtasiga o`tkazilgan perpendikulyarda AV kesmadan 5 sm uzoqlikda turgan S nuqtadagi tokli o`tkazgich hosil qilgan magnit maydonining kuchlanganligi hisoblansin. O`tkaz­gichdan 20 a tok o`tadi. AV kesma S nuqtadan 60° burchak ostida ko`rinadi.

11.12. Oldingi masala o`tkazgichdan o`tayotgan tok kuchi 30 a, AV kesma S nuqtadan 90° burchak ostida ko`ringanda va S nuqta kesma o`rtasidan o`tkazilgan perpendikulyarda AV kesmadan 6 sm uzoqlikda turgan hol uchun yechilsin.
11.13.Tok o`tayotgan to`g`ri o`tkazgich kesmasining uzunligi 30 sm. Shu o`tkazgach o`rtasidan o`tkazilgan perpendikulyarda yotgan nuqtadagi magnit maydonini qanday uzoqlikda cheksiz uzunlikdagi to`g`ri tokning magnit maydoni deb qarash mumkin? Bunday qarashda xatolik 5% dan ortmasligi lozim.
K o` r s a t m a. Qilingan xato bunda N1 -tok o`tayotgan o`tkazgich kesmasidap uzoqlikdagi maydon, H2— cheksiz uzunlikdagi to`g`ri o`tkazgichdan uzoqlikdagi maydon.
11.14. Tok o`tayotgan cheksiz uzunlikdagi to`g`ri o`tkazgichdan 5 sm uzoqlikda joylashgan S nuqtadagi magnit maydonining kuchlanganligi 400 a/m ga tent. 1) O`tkazgichning qanday chekli uzunligida kuchlanganlikning bu qiymati 2% gacha aniqlikda to`g`ri bo`ladi? 2)Tokli o`tkazgichning uzunligi 20 sm bo`lganda S nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi qanchaga teng bo`ladi? S nuqta shu o`tkazgich o`rtasidan o`tkazilgan perpeidikulyarda joy­lashgan.
11.15. To`g`ri burchakli qilib egilgan o`tkazgichdan 20 a tok o`tadi. Burchak uchidan 10 sm narida, burchak bissektrisasida yotgan nuqtadagi magnit maydonining kuchlangan­ligi topilsin.
11.16. Ko`ndalang kesimi 5—1,0 mm2 bo`lgan mis simdan qilingan halqa orqali o`tayotgan 20 a tok halqaning markazida kuchlanganligi N = 2,24 e ga teng magnit maydoni hosil qiladi. O`tkazgichniig uchlari qanday potentsiallar ayirmasiga ulanganligi topilsin.

  1. Doiraviy kontur o`qida kontur tekisligidan 3 sm naridagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin. Kontur radiusi 4 sm va konturdagi tok 2 a.

  2. Radiusi 11 sm bo`lgan doiraviy o`ram markazidagi magnit maydonining kuchlanganligi 0,8 e. Shu o`ram o`qida o`ram tekisligidan 10 sm naridagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin.

  1. Har birining radiusi 4 sm bo`lgan ikkita doiraviy o`ram bir-biridan 0,1 m uzoqlikdagi parallel tekisliklarda joylashgan. O`ramlardan I1=I2= 2 a tok o`tayotir. O`ramlar o`qida va ulardan teng uzoqlikda turgan nuqtadagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin. Masalani quyidagi hollar uchun yechilsin: 1) o`ramlardagi toklar bir xil yo`nalishda o`tayotir, 2) toklar qarama-qarshi yo`nalishda o`tayotir.

  2. Har birining radiusi 4 sm. bo`lgan ikkita doi­raviy o`ram bir-biridan 5 sm uzoqlikdagi parallel tekis­liklarda joylashgan. O`ramlardan I1= I2= 4 a tok o`tayotir. O`ramlardan birining markazidagi magnit maydoni kuch­langanligi topilsin. Masalani quyidagi hollar uchun yechilsin: 1) o`ramlardagi toklar bir xil yo`nalishda o`ta­yotir, 2) toklar qarama-qarshi yo`nalishda o`tayotir.

  3. Diametri 10 sm bo`lgan doiraviy o`ramdan 10 a tok o`tganda, shu o`ram o`qi bo`ylab magnit maydoni kuchlanganligining taqsimlanishi aniqlansin. x ning sm intervaldagi har 2 sm qiymatida N qiymatining jadvali tuzilsin va tegishli masshtabda grafik chizilsin.

  4. Ikkita doiraviy o`ram bir-biriga tik bo`lgan ikkita o`zaro perpendikulyar tekisliklarda joylashib, o`ramlarning markazlari bir-biriga mos keladi. Har bir o`ramning radiusi 2 sm va ulardan o`tayotgan tok I1=I2=5 a. Shu o`ramlar markazidagi magnit maydon kuchlangan­ligi topilsin.

  5. 1 m simdan kvadrat ramka yasalgan. Bu ramkadan 10 a tok o`tayotir. Shu ramka markazidagi magnit may­donining kuchlanganligi topilsin.

11.24. Doiraviy sim o`ram markazida, o`ram uchlaridagi potentsiallar ayirmasi U bo`lganda, N magnit maydoni hosil bo`ladi. Shu simdan radiusi ikki marta katta qilib yasalgan o`ram markazida xuddi shunday magnit maydoni kuchlanganligini olish uchun potentsiallar ayirmasini qanday o`zgartirish kerak?
11.25. Muntazam ko`pburchak shaklidagi sim ramkadan I=2 a tok o`tayotir. Shunda ramka markazida kuchlangan­ligi N=33 a/m bo`lgan magnit maydoni hosil bo`ladi. Ramka yasalgan simning uzunligi topilsin.
11.26. Cheksiz uzun o`tkazgich o`ziga urinma holda doiraviy sirtmoq hosil qiladi. O`tkazgich bo`ylab 5 a tok o`tmoqda. Sirtmoq markazida magnit maydoni kuchlanganligi 41 a/m bo`lganda sirtmoq radiusi qancha bo`ladi?
11.27. 30 sm uzunlikdagi g`altak 1000 o`ramdan iborat. G`altakdan o`tayotgan tok 2 a ga teng bo`lsa, g`altak ichidagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin. G`altak diametrini uning uzunligiga nisbatan kichik deb hisoblansin.

  1. G`altakka o`ralgan sim diametri 0,8 mm, o`ramlar bir-biriga zich joylashgan. G`altakni yetarli uzun deb hisoblab, tok kuchi 1 a bo`lganda g`altak ichidagi magnit maydonining kuchlanganligi topilsin.

  2. Diametri 1 mm ga teng simdan ichki magnit maydonining kuchlanganligi 300 e bo`lgan solenoid o`rash kerak. Simdan kupi bilan 6 a tok o`tadi. O`ramlar bir-biriga zich qilib joylashtirilsa, solenoid necha qatlamdan iborat bo`ladi? G`altak diametrini uzunligiga nisbatan kichik deb hisoblansin.

  3. Uzunligi 20 sm va diametri 5 sm bo`lgan solenoidda 12,6 e ga teng bo`lgan magnit maydon kuchlanganligi olish kerak. 1) Shu solenoidning amper-o`ramlar soni, 2) o`ramlari 0,5 mm diametrli mis simdan qilingan bo`lsa, o`ramlar uchlariga qo`yilgan potentsiallar ayirmasi topil­sin. Solenoid maydonini bir jinsdi deb hisoblansin.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin