Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi shakllantirilgandan
so`ng ob`yektlarda proseduralarni yaratish va ulardan foydalanish.
Uslubiy ko`rsatmalar :
Protsedura bu ma'lumotlar bazasida saqlanadigan oddiy skript tilidagi kichik dastur
hisoblanadi. (subprogram kabi). MySQL holatida protseduralar MySQL-da yoziladi va
MySQL ma'lumotlar bazasida/serverda saqlanadi.
MySQl da protdedura bilan ishlashning umumiy sintaksisi:
Protsedura yaratish: delimiter // create procedure protsedura_nomi(protsedura prototipi) begin {protsedura so’rovlar amallar… maydoni} end// protsedurani chaqirish:
call protsedura_nomi(@prototip)// protsedura natijasini ko’rish: select @prototip ;
Eslatma: delimiterning vazifasi shuki bu kodlarni bitta satrda emas bir necha satrlarda
yozib birlashtirish imkonini beradi. Delimiter belgisi orasida proseduraning kodi yoziladi.
Uning sintaksisi:
1. Boshlanishi:
Delimiter kalit_belgi
2. Tugashi:
End kalit_belgi
Masalan:
Delimiter $$
……………………………
End$$
Ishni bajarish tartibi 1.
“talaba” jadvalini chaqiramiz:
So`rov: select * from talaba; Natija: 16.1 – rasm. talaba jadvalidagi ma’lumotlarni ko’rish
2.
talaba jadvalini chiqaruvchi sodda protsedura tuzamiz:
So` rov: Delimiter // Create procedure chiqarish() Begin Select * from talaba; End// Call chiqarish(); // Natija:
16.2 – rasm. Chiqarish() prosedurasini ishga tushirish natijasi
Endi boshqacharoq protsedura hosil qilamiz, yani “talaba” jadvalidan eng katta
yoshning qiymatini aniqlovchi protsedura tuzamiz:
talaba jadvalini ko’ramiz: