2.Tafakkur jarayon sifatida. Tafakkurning zamonaviy nazariyalari. Fikrlash operatsiyalari.
3. Tafakkur turlari.
4. Tafakkur operatsiyalari.
5. Nutq haqida tushuncha 6. Tilning asosiy funktsiyalari
7. Nutqning rivojlanish xususiyatlari
8. Nutq turlari
1. Tafakkur. Tafakkur va hissiy bilish. Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Tafakkurni ta’riflash. Tafakkur va hissiy bilish to’g’risida talabalarga tushuncha berish. Tafakkur va predmetli amaliy faoliyatni ajratish. Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir. Tafakkur jarayonida fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o’z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.
Quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G’arbga botayotganligini hammamiz ko’ramiz (idrok qilamiz). Biz Erning qimirlamay turganligini, quyosh esa er atrofida aylanayotganligini ko’ramiz. Ko’p asrlar davomida juda ko’p kishilarning qilgan fikriy faoliyati natijasida-gina, uzoq davom etgan k o’zatishlar va tadqiqotlar natijasidagina haqiqat-da quyosh er atrofida aylanmasdan, balki er o’z o’qi atrofida va quyosh atrofida aylanayotganligi aniqlandi. Demak, quyoshning harakati to’g’risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka, haqiqatga to’g’ri kel-mas ekan, voqelikning to’g’ri aks etishi, ya’ni haqiqat — bunda tafakkur yordami bilan aniqlandi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlaridagi hosil bo’lgan hukmlar va tushunchalar ularning chinligini yoki chin emasligini aniqlashda ifodalanadi.
Tafakkur — voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim-ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va tasavur qilamiz, ammo umuman stol va stul to’g’risida, umu-man mebel va umuman narsa to’g’risida esa fikrlashimiz mumkin. Umu-miylash natijasida bir hukmning o’zida ayni vaqtda yakka bir narsa to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumi to’g’risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «0’zbekistonning fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan, balki O’zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Narsa yoki hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosa-batlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko’raylik. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, uning taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasavur qilishimiz mumkin. Lekin biz bunda hodisalarning ma’lum vaqt ichida birin-ketin sodir bo’lishini idrok qilamiz, xolos, ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodisalarning bir-biriga qonuniy bogianishidagi chuqurroq sabablar va bun-dan kelib chiqadigan natijalar ochiladi. Biz hodisalarning birin-ketin o’tayotganliginigina qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo’lgani uchun ikkinchi hodisa ro’y beradi, undan keyingi hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldingi hodisa ro’y berganligi uchun (qalam stolga urilganligi uchun) sodir bo’ldi, deb aniq aytamiz va oldingi hodisaning ro’y berganligi keyin shu hodisani muqarrar keltirib chiqargan-ligini anglaymiz. Bu hodisalarda ularning ma’lum bir vaqt ichida birin-ketin sodir bo’lganligini idrok qilganimizdan tashqari, ular o’rtasida sabab-natija bog’lanishi, ya’ni qonuniy bog’lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz bu sabab-natija tariqasidagi bog’lanishning o’zini bevosita idrok qila olmaymiz, uni sezgi organlarimiz vositasi bilan his qilolmaymiz (ko’rmaymiz, ushlab ko’rmaymiz, eshita olmaymiz), balki shu bog’lanish borligini idrokimizga asoslanib turib fikr qilish yo’li bilan topamiz.