11-amaliy docx


Uzunlikni o‘lchaydigan asboblar



Yüklə 47,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü47,71 Kb.
#37928
1   2   3   4
11-amaliy

Uzunlikni o‘lchaydigan asboblar.

Uzunlikni

o‘lchaydigan

asboblarni ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Uzunlikni

o‘lchaydigan eng oddiy asbob masshtab lineykasi bo‘lib, u bo‘limlarga  (asbob shkalasi)

bo‘lingan.

1- rasm. Nonius (A jismning uzunligi 3.7 mm ga teng)

Biror asbobdan foydalanib o‘lchashda eng avval shu asbob shkalasidagi bo‘limlar

qiymatini aniqlash kerak. Asbobning bo‘lim qiymati deb, shkalaning bir bo‘limiga to‘g‘ri kelgan

asbobda ko‘rsatilgan fizikaviy kattalining birliklari soniga  aytiladi.  Asbob ko‘rsatishini

aniqlayotganda ko‘zni shunday joylashtirish kerakki, bunda ko‘zdan shkala tekisligigacha fikran

tushirilgan perpendikulyar o‘lchanayotgan buyum chetidan o‘tsin.

Masshtab chizg‘ichi 1mm aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradi. Millimetrning

o‘ndan bir ulushini chamalab aniqlash mumkin, biroq buning uchun malaka bo‘lishi kerak.

Uzunlikni aniqroq o‘lchashda shtangensirkuldan foydalanamiz. Uning eng asosiy qismi

noniusdir (1 - rasm). Nonius bir tomonida chiziq va masshtab lineykasi shkalasida erkin

harakatlana oladigan qo‘chimcha chiz-g‘ichdan iborat. Agar nonius asosiy shkalasining 9 ta

bo‘limiga teng bo‘lgan uzunlikka ega bo‘lib,  10 ta teng bo‘lakka bo‘lingan bo‘lsa, u vaqtda

noniusning har bir bo‘limi asosiy shkalaning 0.9 bo‘lim qiymatini tashkil etadi.

O‘lchanayotgan A jism chiqish bilan nonius orasida 5 – rasmda ko‘rsatilganidek siqiladi.

Asosiy shkaladan butun millimetrlar olinadi, bizning misolda u 3 ga teng. Jismning uzunligida 3

mm dan tashqari yana mm ning nechta o‘ndan bir ulushi bor. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, nonius

7 bo‘limi pastki shkalaning bo‘limlaridan biriga to‘g‘ri keladi. Noniusning bo‘limlari asosiy

shkala bo‘limning 0.9 qismini tashkil qilgani uchun noniusning 6 chi bo‘limi asosiy shkalaning




chap tomonidagi bo‘lim yaqinidan 0.1 bo‘lim, beshinchi bo‘lim mos holda 0.2 bo‘lim, no‘linchi

bo‘lim esa 0.7 bo‘lim narida turadi. Bu A jismning uzunligi

3 mm dan tashqari yana 0.7 mm

uzunlikka ega ekanligini va jismning to‘la uzunligi 3.7 mm bo‘lishini ko‘rsatadi. Demak, nonius

bilan o‘lchanganda o‘nli ulushlar soni asosiy shkalaning biror bo‘limiga mos kelgan noniusning

bo‘lim nomeriga teng ekan.

SHtangensirkul 2-rasmda tasvirlangan. Uning bo‘lim qiymati 1mm bo‘lgan B

asosiy shkalasi bo‘lib noniusli ramka harakatlanadi. O‘lchanayotgan jism asosiy lineyka chizig‘i

bilan harakatlanuvchi ramka chizig‘i 2  orasiga qisib qo‘yiladi. SHtangensirkul yordamida

jismning uzunligini 0.05 mm aniqlikkacha o‘lchash munkin.

2 –rasm. SHtangensirkul

Uncha uzun bo‘lmagan jismlarning uzunliklarini mikrometr yordamida  aniqroq o‘lchash

mumkin (3-rasm). O‘lchanayotgan buyum chiqiq bilan odatda kallakning

bir marta  aylanishda  0.5 mm ga siljiydigan qo‘zg‘aluvchan shpindel’ orasiga qisib qo‘yiladi

kallak aylanasi teng 50 bo‘lakka bo‘lingan. Kallak bo‘lim qiymatlari 0.5 mm li shkalasi

bo‘lgan qo‘zg‘almas silindr atrofida aylanma harakat qiladi.

3- rasm. Mikrometr

O‘lchanayotgan uzunlikdagi butun mm lar soni shkala yordamida pastki

bo‘limdan kallak chetigacha  aniqlanadi. YUqori bo‘lim yarim millimetrga to‘g‘ri keladi.

Millimetrning yuzidan bir ulushi kallakning shakaladagi to‘g‘ri chiziqqa mos keladigan

bo‘lim

orqali aniqlanadi. Bunday mikrometr yordamida  0.01 mm aniqlik bilan o‘lchash



mumkin.

YUqorida  aytilganlardan

ko‘rinadiki,

o‘lchash


aniqligi

foydalanilayotgan

asbobning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari u o‘lchashni bajarayotgan kishining

ehtiyotkorligiga va e’tiboriga bog‘liqdir.

Agar uzunlikni shtangensirkul bilan o‘lchaganda natija 18.4 mm chiqqan bo‘lsa u

holda uning haqiqiy qiymati 18.35 mm bilan 18.45 mm orasida bo‘ladi.  “0.1 mm aniqlik bilan

o‘lchanadi” degan so‘zlarni shu ma’noda tushunish kerak. O‘lchash natijasida  olingan sondagi

raqam keyingi hona  (razdel) birliklarni yahlitlab olish natijasi bo‘ladi. Hozirgina tavsiflangan

asboblardan ko‘ra  ancha murakkab zamonaviy usullar va  asboblar uzunliklarni 1mkm gacha

aniqlik bilan tez o‘lchash imkonini beradi.




Har qanday chiziqiy o‘lchamni ham be’vosita aniqlash qulay beravermaydi. Agar

aylana uzunligini bilish kerak bo‘lsa,  amalda uning diametrini o‘lchash osonroq bo‘lsa,

uzunligini esa quyidagi formula bilan xisoblanadi.


Yüklə 47,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin