“11 fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tanlov NIZOMI
1. Umumiy qoidalar 1.1. Andijon davlat universitetida 11 fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni ” munosabati bilan o‘tkaziladigan tanlov nizomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-fevraldagi 4-sonli bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur Nizomda xotin-qizlarda innovasion fikrlashni shakllantiradigan o‘qitish texnologiyalari, ularda ijodiy, ilmiy-nazariy va interfaol uslublarni joriy etish orqali innovasion fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tanlovning maqsad va vazifalari Andijon davlat universitetida 11 fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayoniga xotin-qizlarni ijodiy yondashishga, mustaqil fikrlash va izlanishga yo‘naltirish, universitet xotin-qizlari o‘rtasida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorini yuzaga chiqarishdan iborat.
Tanlovning vazifalari:
- xotin-qizlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, mavjud muammoni hal etishga ijodiy yondoshishga, nostandart fikrlashga o‘rgatish.
- xotin-qizlarni keyingi ilmiy faoliyatga bo‘lgan rag‘batini oshirish va ularni ilmiy hamda ijodiy faoliyatga yo‘naltirish.
Tanlov nominatsiyalari
Universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida: “Eng yaxshi ixtirochi talaba qiz”