dalolatnoma korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga beriladi. Agar korxonada yuqori
turuvchi xo‘jalik organi bo‘lmasa, unda N-1 shaklidagi dalolatnoma, tuman (shahar) O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga
beriladi.
Jabrlanuvchi yoki guvohlar ish vaqti davomida ish beruvchiga habar bermaganligi yoki ish
qobiliyati darhol yo‘qolmaganligi to‘g‘risidagi baxtsiz hodisalar
jabrlanuvchining yoki uning
manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsning arizasiga, shuningdek, (bosh) davlat mehnat texnika
nazoratchisining talabiga binoan ariza berilgan yoki ko‘rsatma olingan kundan boshlab bir oy
muddat ichida tekshiriladi. N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish masalasi baxtsiz hodisa
to‘g‘risidagi ariza har tomonlama, barcha shart-sharoitlar, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa
dalillar hisobga olingan holda tekshirilganidan so‘ng hal etiladi.
Boshqa tashkilot tomonidan o‘sha tashkilot topshirig‘ini
bajarish uchun yoki xizmat
vazifasini ado etish uchun mazkur korxonaga jo‘natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa
shu baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan
jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
N-1 shaklidagi dalolatnomaning 3-bandida xodimni yo‘llagan tashkilot nomi ko‘rsatiladi.
Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bo‘lsa o‘sha tashkilot tomonidan hisobga
olinadi.
Izoh:
O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi organi tizimidagi
boshqa korxona xodimi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa, baxtsiz hodisa yuz bergan korxona
(ob’ekt) qaysi organ nazorati ostida bo‘lsa, shu organ tomonidan hisobga olinadi.
Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona N-1 shaklidagi dalolatnomaning
bir nusxasini baxtsiz
hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‘zida olib qoladi, qolgan 3 ta tasdiqlangan nusxasini
jabrlanuvchi xodimi bo‘lgan tashkilotga, hisobga olish, saqlash va tegishli manzillarga jo‘natish
uchun yuboradi.
Ish beruvchining yozma farmoyishi bilan vaqtincha boshqa tashkilotga ishga o‘tkazilgan
yoxud o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa baxtsiz hodisa
sodir bo‘lgan tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi.
Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida ish olib borayotgan korxona xodimi bilan
baxtsiz hodisa yuz bersa, u ish olib borayotgan korxona tomonidan
tekshiriladi va hisobga
olinadi.
Harbiy qism bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma, bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi ob’ektlariga
ishga jalb qilingan va uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy
qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan
harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona
tomonidan hisobga olinadi.
Harbiylashtirilgan kon va gaz qutqaruvchilari qismlari shaxsiy sostavi bilan yuz bergan
baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat»
davlat inspeksiyasi yoki «O‘zenergonazorat» agentliklari organi vakili ishtirokida tekshiriladi.
Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida
bajarayotgan axloq tuzatish-mehnat muassasi (ATMM)da, davolash-mehnat
va tarbiya-mehnat
profilaktoriyalari (DMP va TMP)da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u
ATMM, DMP va TMP vakili ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa
korxona tomonidan hisobga olinadi.
ATMM, DMP va TMPlarda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek,
o‘zining ishlab chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash
vazirligi belgilagan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Avtokorxona yoki boshqa korxona tomonidan tuzilgan yig‘ma avtokolonna tarkibida
qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan avtomobilь haydovchisi bilan
yuz bergan baxtsiz hodisa
shu korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirishda xodimni yuborgan korxona
vakili qatnashadi.
Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan
o‘quvchilar, talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisa korxona tomonidan ta’lim muassasasi
vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‘qituvchilari
rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan o‘quvchilar, talabalar
bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar ta’lim muassasalari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda
tekshiriladi va ta’lim muassasasi tomonidan hisobga olinadi.
Tasdiqlangan N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasi jabrlanuvchining doimiy ish,
xizmat yoki o‘qish joyiga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: