11-mavzu. Dunyoviy va diniy madaniyat Reja: Iudaizm va Tavrot. Bibliyaning tarkibiga kiruvchi kitoblar



Yüklə 25,32 Kb.
səhifə3/3
tarix11.05.2023
ölçüsü25,32 Kb.
#111280
1   2   3
11-mavzu.Dunyoviy va diniy madaniyat.Ma\'ruza

mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur», deb ko’rsatadi.
Har bir inson ikki yo’ldan birini tanlamog’i yo iste`molchi tarzda oqim bilan suzmog’i, yohud o’ziga, o’zligiga nisbatan talabchan bo’lib girdobdan chiqmog’i lozim. Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jihatdan nazoratga olish, bugungi odam ma`naviy qiyofasini bir xillashtirish (standartlash) ga qarshi jiddiy to’siq qo’yish zaruriyatini anglamoqda. Ushbu masalani o’ta keskinligiga e`tiborni qaratish, mavjud muammolarning echim yo’llarini belgilashda 1990 yillarda BMT-Bosh Assambleyasi e`lon qilgan Madaniyatning umumjahon o’n yilligi muhim bosqich bo’ldi. «o’n yillik» ning asosiy maqsadi- iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan hozirgi davrda umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini tiklashdan iborat bo’lib, bunda quyidagi vazifalarni hal etish masalasi amaliy qo’yildi: Barcha tomonidan taraqqiyotni madaniyat yuksalish muhimligini tan olish, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlikning aloqadorlik yo’llarini belgilash, madaniy o’ziga xoslik va madaniyatlar muloqotini tan olish, individual va jamoa timsolida ijodiy potensial va tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlash, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Mustaqillik tufayli O`zbekistonning asosiy maqsadi madaniyatlarni yanada rivojlantirish va bir-birini boyitishga yo’naltirilgan BMT boshchiligida o’tkazilgan qator xalqaro dasturlarda jumladan, «Umumjahon madaniy merosi», «Buyuk Ipak yo`li» dasturlarida bevosita va faol ishtirok etdi. Bugungi kunda Respublikada umumjahon ahamiyatiga molik maqomidagi Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz yodgorliklari mavjud, shulardan keyingi uchtasi mazkur maqomga 1991yildan so’ng erishdi.
«Buyuk Ipak yo`li» - bu nafaqat tarix, u bugungi kun hamdir. 1993 yilning mayida Yevropa komissiyasi Bryusselda Markaziy Osiyo, Kavkaz hamda Yevropa ittifoqi davlatlari vakillarini to’pladi. Maqsad-ajdodlardan qolgan qadim yo’llarni tiklash orqali Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi mustaqil davlatlarni jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini ta`lim etish; Uchrashuvda Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini tashkil etish to’g’risida deklaratsiya qabullandi. I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, TRASEK (transport yo’lagi) loyihasini amalga oshirish-Buyuk ipak yo’lini qayta tiklash ayrim shaxslar faoliyatining mahsuli emas, u zamon, jahon taraqqiyotining ob`ektiv zaruriyatidir. YuNESKOning amaliy qadamlaridan biri- «Ipak yo’li - muloqot yo’li dasturi asosida Samarqandda Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini o’rganishga qaratilgan xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining tashkil etilishi bo’ldi.
Mustaqil davlatimizning milliy madaniyatini tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyitish yo’lidagi yutuqlari tufayli 1997yili O’zbekiston YuNESKO Ijroiy Kengashining a`zosi etib qo’llandi, I.A.Karimov «Ibn Sino» medali bilan taqdirlandi. Yurtimizda jisman va ma`nan sog’lom avlodni tarbiyalash, ta`lim tizimini takomillashtirish yoshlarda tarixiy ong va mustaqil tafakkurni shakllantirishga katta e`tibor qaratilmoqda. 2000 yil O`zbekistonda «Sog`lom avlod yili», 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 yil “Ijtimoiy himoya yili” deb belgilandi.
Yüklə 25,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin