11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
w

Go‘zal narsalar 
inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo„lib, ularni idrok 
etish: - hayrat va quvonch bag„ishlaydi; - shaxsning uyg„un hamohang 
rivojlanishiga; - unda eng yaxshi insoniy xislat – fazilatlar tarkib topishiga 
ko„maklashadi. 
Insonning go„zallikni anglashi o„zgaruvchan. Go„zallik hamma vaqt insonning 
ijtimoiy orzulari bilan qorishib ketganini nazarda tutish lozim. Patriarxat davrida - 
ko„p bola tug„ib o„stirgan ayol – ayol qomatini ataylab qing„ir-qiyshiq qiyofasini 


tasvirlash go„zallik tushunchasiga mos kelgan. Haykaltaroshlar ayolni qing„ir 
qiyshiq qomatini tasvirlagan haykallar yaratganlar.
Go‘zallik qonunlari : 
1.Me‟yor
;
2.Predmetning yaxlitligi; 
3.Rang-baranglikning organik birligi(uyg„unligik); 4.Predmet tuzilishining 
maqsadga muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida estetik 
forma». 
Qadimgi yunonlar uchun jismoniy va ma‟naviy barkamol inson go„zalligining 
ideali bo„lgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan ko„p qadrlangan. Vatani 
qadimiy Gretsiya bo„lgan Olimpiya o„yinlari shunchaki sport musobaqasi emas 
edi, balki kishilardagi jismoniy va ma‟naviy fazilatlar bayrami – ko„rigi bo„lgan. 
Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-harakatlar bilan badnom qilgan bo„lsa, 
bunday kishilarni ko„rikda qatnashtirmaganlar. Adolat, mardlik, yaxshilik doim 
go„zal hisoblangan.
O„rta asrlarda go„zallik – real hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda 
deb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun o„ldirish jismoniy va ma‟naviy garmoniya 
emas, balki ularni ajratish, bir-biriga zid qo„yish go„zallik hisoblangan. Go„zallikni 
turli xil toifa va tabaqadagi kishilar ham o„z nuqtai nazaridan kelib chiqib 
baholaganlar. Masalan: dehqon nazarida: sog„lom, baquvvat, yonoqlari naqsh 
olmadek qiz go„zal hisoblangan bo„lsa, dvoryan nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik, 
purvuqorlik jononlarning go„zalligi sanalgan. 
Go„zallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat deb tushunilgan. Kishilar u 
yoki bu predmet, voqea va hatti-harakatlarni go„zallik deb ataganlarida 
go„zallikdagi barcha narsalar, hayotning ijobiy va progmativ belgilarini aks ettiradi 
va ifodalaydi deb bilganlar. Go„zallik tabiatda, insoniy munosabatlar, san‟atda 
namoyon bo„ladi. Go„zal narsa bizni hamisha zavqlantiradi, yorqin his-tuyg„ular 
uyg„otadi, kayfiyatimizni chog„ qiladi.
Chernishevskiy «Go„zallik kishida hosil bo„ladigan his, yorqin quvonch, sevgan 
kishimiz yonimizda bo„lganda qalbimizni qanday quvonch bilan to„ldirsa, xuddi 
shunday cheksiz quvonch tuyg„usidan iboratdir. Biz go„zallikni beg„araz sevamiz, 
uni ko„rib quvonamiz, sevgan kishimizni ko„rib qanday xursand bo„lsak, 
go„zallikni ko„rib shunday xursand bo„lamiz», deydi. 
Tabiatdagi, jamiyatdagi kishining ijodiy faoliyatidagi, odamlarning bir-biriga 
bo„lgan munosabatlaridagi jamiki ijobiy voqealarni, ya‟ni: - bizda quvnoq his-
tuyg„u paydo qiluvchi; - mamlakatga yordam beruvchi; -kayfiyatni ko„taruvchi,- 
bizni oliyjanob ishlarga ilxomlantiruvchi; - voqealarni, insonning progmativ 
tarao„o„iyotiga, uning olg„a bosishiga yordam beruvchi barcha omillarni go„zallik 
deb atash mumkin.

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin