Menejment
– mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga
erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta‘sir o‘tkazish asosida
ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari,
shakllari, metodlari va
usullari.
Metod
- yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi
ma‘nolarni anglatadi.
Metodika
(fan sifatida)– xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadi.
Mehnat tarbiyasi
- shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali
harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan
pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning
tarkibiy qismi.
Munozara
(tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki
ta‘sir ko‘rsatish asosida ularda ma‘naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Dostları ilə paylaş: