11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish 
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta‘lim tizimida o‘quv 
adabiyotlari ta‘lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari (yoki davlat 
talablari) va fanlar bo‘yicha uzviy bog‘langan o‘quv dasturlari asosida 
tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o‘quv adabiyotlari mazkur ta‘lim turida 
o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan bog‘liqligini va boshqa ta‘lim turlarida ushbu 
fanning o‘quv dasturlaridagi uzviylikni ta‘minlash lozim. O‘quv adabiyotlari 
belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o‘tkaziladi.
Har bir ta‘lim turi uchun yaratilayotgan o‘quv adabiyotlariga psixologik-
pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigiyenik va boshqa talablar alohida 
belgilab qo‘yiladi. 


Uzluksiz ta‘lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlardan iborat 
bo‘lgan umumta‘lim fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari asosan an‘anaviy bosma 
shaklda tayyorlanadi. 
Yelektron 
o‘quv 
adabiyotlari 
bilim 
oluvchilarning 
tasavvurini 
kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, 
qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan ta‘minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq 
chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimida 
fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmunni tez o‘zgaruvchan, 
chuqurlashtirib o‘qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asosan kam 
adadli elektron o‘quv adabiyotlari tayyorlanadi.
O‘quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin 
fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib 
borish, mustaqil ta‘lim olish, yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlaridan izlab topish 
ko‘nikmalarini hosil qilishni ta‘minlashi kerak. 
O‘quv adabiyotlarining shakllari 
O‘quv adabiyotlari – muayyan ta‘lim turi (yo‘nalishi yoki mutaxassisligi) 
o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur 
bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu 
jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi: 
- An‘anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar – ta‘lim oluvchilarning yoshi va 
psixofiziologik hususiyatlari, ma‘lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova 
turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan 
manba; 
- elektron o‘quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida 
ma‘lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda 
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba. 
O‘quv adabiyotlarining turlari 
Uzluksiz ta‘lim tizimi o‘quv tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining 
quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, 
ma‘lumotlar to‘plami, lektsiyalar kursi, leksiyalar to‘plami, metodik ko‘rsatmalar, 
metodik qo‘llanmalar, ma‘lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar. 
Darslik – davlat ta‘lim standarti, o‘quv dasturi uslubiyati va didaktik 
talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv 
fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal 
o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta‘lim yo‘nalishlarida foydalanish 
imkoniyatlari hisobga olingan nashr. 
U yoki bu ta‘lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim 
oluvchilarning yoshi va boshqa hususiyatlarini hisobga olgan o‘z darsliklari 
bo‘ladi. Darslikda nazariy ma‘lumotlardan tashqari, amaliy-tajriba va sinov 
mashqlari bo‘yicha zarur ko‘rstamalar beriladi.
O‘quv qo‘llanma – dasrlikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi 
bo‘yicha tuzilgan va asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta‘minlovchi, ayrim bob 
va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlar 
echimiga mo‘ljallangan nashr. 


O‘quv qo‘llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoritiladi. 
Masalan, «Mexanika»- fizika fanining mexanika qismiga bag‘ishlangan o‘quv 
qo‘llanma. «Fizikadan masalalar to‘plami»- fizika fani bo‘yicha masala va 
mashqlar еchishga mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma va hokazo. 
Lug‘at – aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi, idiomalar 
va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi 
tarjimasi to‘g‘risida ma‘lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan 
belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr. 
Izohli lug‘at – so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning 
grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va 
boshqa ma‘lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan 
nashr. 
Ma‘lumotlar to‘plami – foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan 
fanni yoki ta‘lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab 
qilmaydigan ma‘lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va 
raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa 
sohalardagi qisqa ma‘lumotlardan tashkil topgan nashr. 
Ma‘lumotlar to‘plamida bir qator muhim ilmiy-amaliy masalalarni еchish 
namunalari keltirilishi lozim. 
Leksiyalar kursi – fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi barcha 
mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga 
qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, 
o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va 
iboralar keltirilgan nashr, lektsiyalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan ataladi. 
Leksiyalar to‘plami – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayim 
mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga 
qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, 
o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va
iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib 
turiladigan, ta‘lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo‘yicha 
chiqariladigan kichik adadli tarqatma material.
Metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs 
ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil 
ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikmalar hosil 
qilishga mo‘ljallangan, ta‘lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi 
tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material. 
Metodik qo‘llanma – o‘qituvchilar (professor-o‘qituvchilar) va bilim 
oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish 
vositalari va ulardan foydlanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, 
qo‘shimcha topshiriqlar, va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta‘lim 
muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan 
nashr.
Sharh – jamiyat taraqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me‘yoriy-
huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va 


ta‘riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga 
mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanilaigan nashr. 
Dayjest – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy, adabiyotlar, hukumat va turli 
tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha 
bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma‘lumotlar to‘plami sifatida 
foydalaniladigan doimiy nashr. 
Elektron darslik – kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini 
qo‘llashga, mustaqil ta‘lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy 
ma‘lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib: 
- o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda; 
- o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda; 
- multimedia (ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya‘ni ma‘lumot uch o‘lchamli 
grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda; 
- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchini «yekran 
olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi obyektlarga 
nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Ma‘lumotlar banki - axborot texnologiyalarining imkoniyati va vositalari 
asosida yaratilgan, statik va dinamik rejimi tuzilgan, tovush va rangli tasvirlar bilan 
ta‘minlangan, katta hajmdagi axborotlarni o‘z ichiga qamrab olgan va ularni turli 
ko‘rinishda (jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasm, va hokazo) bera 
oladigan, o‘quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o‘z ustida mustaqil ishlashi 
va o‘z bilimlarini nazorat qilishi uchun qo‘llaniladigan, doimiy ravishda to‘ldirib 
boriladigan, keng doirada foydalanishga mo‘ljallangan, tegishli vakolatli davlat 
tashkilotida qayd etilgan sohalar bo‘yicha ma‘lumotlar to‘plami. 
O‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan talablar 
Ta‘lim turlarining hususiyatlaridan va nashr shaklidan qat‘iy nazar barcha 
o‘quv adabiyotlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak: 
davlat ta‘lim standartlari (davlat talablari) asosida tayyorlanishi; 
ta‘lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va o‘qitishning interaktiv 
uslublarini tadbiq qilishda ko‘mak berishi; 
tegishli o‘quv fanining nazariy amaliy rivojlanishida, uzoq va yaqin 
o‘tmishdagi boy intellektual merosimizning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishi; 
intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va 
ijtimoiy hayotda o‘ta mas‘uliyatliligini anglatishga qaratilishi; 
vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishi, mustaqil va ijodiy 
fikrlashga yo‘naltirish; 
ma‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishi, ta‘lim va tarbiya uzviyligini 
ta‘minlashi; 
bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, qiziqish uyg‘ota oladigan va mustaqil 
fikrlashga yo‘naltira oladigan hususiyatlarga ega bo‘lishi; 
bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, 
mustaqil ta‘lim olishga qiziqish uyg‘otishi; 
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy ilmiy bilimlarga asoslangan 
ma‘lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar, va hokazo) dan tashkil topishi; 


illyustratsiyalarga boy, ko‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy 
faoliyatga qaratilgan bo‘lishi; 
bilim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olishi; 
bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi; 
ta‘lim oluvchilarning bilimi, uquvi va ko‘nikmalarini nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi; 
ta‘lim va tarbiyani ijtimoiy hayot, unumli mehnat bilan uzviy bog‘lanishiga 
e‘tibor berishi; 
fan va texnika yutuqlarining ahamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning 
mantiqiy ketma-ketlikda, fanning o‘quv dasturiga muvofiq bayon etilishi; 
yaxlitlikni idrok qilish hissi shakllanishi uchun barcha ma‘lumotlar mantiqiy 
bir tizimda berilishi; 
matn jozibali shaklda bayon etilishi. 
Asosiy tushuncha va xulosalarning ta‘riflari nihoyatda aniq va ravshan 
yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishish. 
Sanab o‘tilganlardan tashqari har bir ta‘lim turining o‘quv adabiyotlariga 
o‘ziga xos bo‘lgan talablar qo‘yiladi. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin