O‘quv materiallari,asosan,ikki xil yo‘l bilan o‘rganiladi; deduktiv yo‘l,
induktiv yo‘l.
Yangi o‘quv materiali deduktiv yo‘l bilan o‘rgatilganda bolaning aqliy
faoliyati ta‘rif, qoida, xulosalar, umumlashmalardan amaliyotga qarab boradi.
Avval asosida materialning umumiy tomonlari izohlanadi, keyin materialning
xususiy tomonlari izohlanadi. O‘quv fanlari (masalan, matematika)ga oid
materiallarni izohlashda deduktsiyadan foydalangan ma‘qul.
Yangi bilimlarni o‘rgatishning ikkinchi yo‘li induksiyadir. Bundan oldin
omillar asosida o‘quv materialining hususiyatlari alohida tahlil etiladi. So‘ngra
qoida, qonuniyat, ta‘rif, aksioma shaklida xulosalar chiqariladi.
Yangi o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilarning oldin o‘rgangan
bilimlari, hosil qilingan malakalari, hayotiy tajribalariga tayanish ta‘limning
samaradorligini oshiradi. O‘rganilgan bilimlarni, malakalarni, tajribalarni esga
tushirish va undan bilimlarni ongli o‘zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli
yo‘llar bilan amalga oshiriladi: yangi mavzuni o‘rganish uchun kerakli bilimlarni,
malakalarni o‘qituvchining o‘zi eslatadi va yangi bilimlar o‘zlashtirilgan
mavzuning davomi sifatida tushuntiriladi: oldin o‘rganilgan materialni
o‘quvchilardan birontasi esga tushirib aytib beradi, o‘qituvchi o‘quvchi fikriga
bog‘lab o‘z tushuntirishlarini boshlaydi; o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi
bilan suhbat o‘tkazadilar, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o‘tiladi; o‘tilgan
mavzuga oid mustaqil ish tashkil etiladi, bajarilgan mustaqil ish ustida suhbat
o‘tkaziladi, so‘ngra mavzuni izohlashga kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: