11-mavzu. Marketing tizimida sotish siyosati reja



Yüklə 114,97 Kb.
səhifə5/9
tarix11.08.2023
ölçüsü114,97 Kb.
#139140
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11-mavzu

Bilvosita kanal – tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazib berishda vositachilar ishtirokida amalga oshadigan faoliyatdir. Bilvosita kanal faoliyati vositachilar xizmati bilan bog’liqdir. Vositachilar bu bozor ehtiyojlarini qondirish va foyda olish uchun tovarlarni qayta sotadigan mustaqil savdo tashkilotlari, korxonalar va shaxslardir.Ular ulgurji va chakana sotuvchilar, brokerlar, savdo agentlari, komissionerlar, kommivoyajerlar va boshqalardir. Vositachilarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi asosan bozor kon’yunkturasining o’zgarishlari, tovarlarni yetkazib berish muddatlarining qisqarishi, servis va xizmat ko’rsatishning rivojlanishini tez sezish imkoniyatlaridan iborat.
Bevosita va bilvosita kanallarning ham bir qancha shakllari mavjud. Bilvosita kanalning shakllari ishtirok etayotgan vositachilar soni va turi bilan farqlansa, bevosita kanalning shakllari esa iste’molchiga tovarni taqdim etish yo’llari va vositalari bilan farqlanadi. Bevosita va bilvosita sotish kanallarining shakllari iqtisodiy adabiyotlar tahlili asosida o’rganilib, tasniflanishi ishlab chiqildi. 11.2-jadvalda bevosita va bilvosita sotuv kanallarining shakllari, mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan tasniflash belgilar asosida keltirilgan.
11.2-jadval
Bevosita va bilvosita sotuv kanallarining shakllari

Kanal turlari

Tasniflanish belgilari

Tasniflanishi

Bevosita kanal

Korxonaning o’zida tovar sotishga ko’ra

  • shaxsiy sotish;

  • pochta orqali sotish;

  • telefon orqali sotish;

  • internet orqali sotish.

Korxonadan tashqarida sotishga ko’ra

  • katolog bo’yicha tovar sotish;

  • savdo xodimlari orqali tovar sotish;

  • firma do’konlari orqali tovar sotish;

  • savdo agentlari xizmatidan foydalanish.

Bilvosita kanal

Davomiyligiga ko’ra

  • qisqa kanal;

  • uzun kanal.

Vositachilar turiga ko’ra

  • ulgurji sotuvchilar;

  • chakana sotuvchilar;

  • brokerlar;

  • savdo agentlari;

  • komissionerlar;

  • kommivoyajerlar;

  • distribyuterlar;

  • dilerlar.

Sotuv kanallari o’zining uzunligi, kengligi va pog’onalari soni bilan tavsiflanadi. Pog’onalar sifatida tovar harakatining oraliq bo’g’inlari (savdo vositachilari) namoyon bo’ladi. O’z navbatida oraliq bo’g’inlarning yig’indisi sotuv kanalining uzunligi (davomiyligi)ni hosil qiladi. Bunda tovarni ishlab chiqaruvchi – kanalning boshlang’ich bo’g’ini, iste’molchilar esa kanalning pirovard bo’g’ini hisoblanadi.
Sotuv kanalida ishtirok etuvchi vositachilarning soni va shakli tarmoqdagi tovarning turi hamda marketingning maxsus usullariga bog’liq bo’ladi (11.1-rasm). Masalan: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona uchun to’g’ri keladigan tadbir, aytaylik sug’urta kompaniyasiga yoki meniral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonasiga ham to’g’ri kelmaydi. Shu sababdan iste’mol tovarlari, sanoat tovarlari va xizmatlarning sotuv kanallari bir-biridan farq qiladi.




Yüklə 114,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin