11-mavzu: qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari va gigiyenasi reja


Yurakning tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari



Yüklə 29,7 Kb.
səhifə7/10
tarix20.09.2023
ölçüsü29,7 Kb.
#145877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-mavzu qon va qon aylanish sistemasining yosh xususiyatlari v-fayllar.org

10.6. Yurakning tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari
Katta odamda yurak konus shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasida uchdan bir qismi chap tomonda uchdan ikki qismi o‘ng tomonda joylashgan muskulli organdir. U uch qavatdan tashqi - seroz, epikard – o‘rta muskul - miokard va ichki yassi epiteliy - endokarddan tuzilgan. Epikard yurak xaltasiga tutashib ketgan. Yurakning muskul qavati ko‘ndalang targ‘il muskul tolalaridan tuzilgan. Lekin yurak muskullarining funksiyasi silliq muskullarinikiga o‘xshab ketadi. Odam yuragi 4 kamerali bo‘lib, bir biridan ajralgan o‘ng va chap bo‘laklarga, ular o‘z navbatida o‘ng va chap bo‘lmacha va qorinchalarga bo‘linadi. Bo‘lmachalar bilan qorinchalar o‘rtasida chodirsimon qopqoqlar (klapanlar), yurak qorinchalari bilan qon tomirlari orasida ham yarim oysimon qopqoqlar (klapanlar) bo‘lib, ular faqat bir tomonga ochiladi. Yurakning o‘ng bo‘lagiga tanadan kelayotgan vena qon tomirlari, chap bo‘lagiga o‘pkadan kelayotgan arteriya qoni bo‘lgan o‘pka venalari quyiladi.
Yurakning asosiy ishi qonni qon tomirlariga bosim ostida haydab berishdir. Qon arteriya tomirlari orqali yurakdan chiqadi, vena tomirlari orqali yurakka quyiladi. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab, yuragi о‘sib, vazni orta boradi va funksiyasi o‘zgaradi. Bu jarayon bola hayotining birinchi yilida, qisman bog‘cha va jinsiy balog‘at yoshida juda tez sodir bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolaning yuragi daqiqasiga 120-140, 1-2 yoshda 110- 120, 5 yoshda 95-100, 10-14 yoshda 75-90, 15-18 yoshda 65-75 marta qisqaradi va hokazo. Yurak bir marta qisqarganda qon tomirlarga hay dab chiqargan qon miqdori yurakning sistolik hajmi deyiladi. O‘rta hisobda u yangi tug‘ilgan bolada 2,5 sm. ni, 1 yoshda 10 sm3. ni, 5 yoshda 20 sm3. ni, 15 yoshda 40-60 sm3. ni, katta odamda 65-75 sm3. ni tashkil etadi. Yurak bir daqiqada qon tomirlarga haydagan qon miqdori yurakning daqiqalik hajmi deyiladi. Yangi tug‘ilgan bolada bu 350 sm. ga, 1 yoshda 1250 sm3. ga, 5 yoshda 1800-2400 sm3. ga, 10 yoshda 2500-2700 sm3. ga, 15 yoshda 3500-3800-sm3. ga, katta odamda 3500-4000 sm3. ga teng bo‘ladi. Bolalarda yurak tonining o‘rtacha davomliligi katta odamnikidan ancha kam bo‘ladi. Yurakning birinchi tonining davomliligi 1-3 yoshda 0,07 soniya; 3-6 yoshda 0,09 soniya; 6-10 yoshda 0,10 soniya; 10-12 yoshda 0,13 soniya; katta odamda esa 0,15 soniya bo‘ladi. Yurakning ikkinchi tonining davomliligi 1-3 yoshda 0,065 soniya; 3-6 yoshda 0,073 soniya; 6-10 yoshda 0,1 soniya; katta odamda 0,12 ga teng.

Yüklə 29,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin