306
Asosiy otqindi tog‘ jinslariga ichki yuzaga kelgan tog‘ jinslari gabbro va
tashqi bazalg’t va diabaz kiradi. Bu tog‘ jinslari yuqori mustahkamligi (siqilishga
mustaxkamligi – 300-500MPa) va yuqori zichligi (3000kg/m
3
dan yuqori) bilan
ajralib turadi.
2. CHo‘kindi tog‘ jinslari mavjud tog‘ jinslarining tabiatda buzilishidan
yuzaga keladi. Yahni suv, shamol, harorat o‘zgarishi, kimyoviy va biokimyoviy
yemirilishlar natijasida paydo bo‘ladi. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosida qum va
shag‘al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to‘ldiruvchilar hisoblanadi.
Kvarts qumlar deb tarkibida kvarts miqdori 60% dan ko‘p bo‘lgan qumlarga
aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo‘lgan qumga kvarts-
dalashpati qumi deyiladi.
Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al konlari allyuvial kelib
chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida xosil bo‘ladi. SHu narsa mahlumki,
oqimning tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir
joydan ikkinchi joyga oqizishi mumkin. SHu sababli suv oqimi qum va shag‘alni
bir joyga yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi.
SHamol tahsirida (barxan shamoli) vujudga keladigan Eoll qumlarning
betonlarda qo‘llash chegaralangan. CHunki bu qumlar juda mayda bo‘lib, donalari
o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning tsement toshida birikishini yomonlashtiradi.
To‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni karbonatli cho‘kindi jinslar-
ohaktosh va dolomitlar egallaydi. Ohaktoshlarning asosiy mineral tashkil
qiluvchisi bu kalg’tsit SaSO
3
hisoblanadi. Kristall ohaktoshlarning zichligi-
2700kg/m
3
va siqilishga mustahkamligi 200MPa gacha bo‘ladi.
Oxaktoshlar portlandtsement toshidagi ishqorli muxitga chidamli bo‘lib,
betonda u bilan yaxshi bog‘lanadi va och kulrang yoki sariq ranga ega.
Dolomitning asosiy mineral tashkil etuvchisi esa SaSO
3
· MgSO
3
.Bu tog‘
jinsi xam o‘ta zich va mustahkam bo‘lishi mumkin.
3.Metamorfik tog‘ jinslari otqindi yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini yerning
chuqur qismida yuqori bosim va xarorat tahsirida o‘zgarishidan yuzaga keladi.
Metamorfik tog‘ jinslaridan to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda gneyslar ishlatiladi.
Gneyslar granitdan qavatma qavat joylashuvi bilan farq qiladi. Marmarlar esa
ohaktoshlarning perekristallizatsiyasi jarayonida yuzaga keladi, kalg’tsit
kristallaridan iborat bo‘ladi. Mustahkamlik chegarasi yuqori (300MPa gacha)
bo‘ladi, tabiatda turli ranglarda uchraydi, maydalashda qirrali yuzali donalar
olinadi va beton uchun og‘ir to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.
O‘zbekistonda beton uchun to‘ldiruvchilar olishda yaroqli tog‘ jinslarining
tabiiy xom ashyo bahzasi katta miqdorda mavjud bo‘lib, ularning barchasidan hali
to‘liq foydalanilgani yo‘q. Tabiiy zahirani qayta ishlashda ekologik muhitni