11. Payvandlash transformatorlari.
Elektr yoyi vositasida payvanlash uchun ishlatiladigan maxsus maqsadli transformatorlarni
odatda
payvandlash transformatorlari deb yuritiladi.
Payvandlash transformatorlari 2 rejimda ishlashga mõljallangan: salt ishlash va yuklangan
rejimda.
Salt ishlash rejimida payvandlash transformatorlarining birlamchi chulğam kuchlanishi
220 yoki 380 V, ikkilamchi chulğam kuchlanishi 60-70 V, yuklangan rejimda esa (payvandlash
vaqtida) ikkilamchi chulğam kuchlanishi 20-30 V ta’minlanadi.
Payvandlash transformatorlari payvandlashning turiga qarab turli konstruktsiyada
tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida
payvandlash qurilmalarida
ishlatiladi. Payvandlash transformatori tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki
chulğamli transformatordir. Bunday transformator uchun ikkilamchi chulğamning qisqa
tutashish sharoitida ishlashi me’yordagi sharoit hisoblanadi. Qisqa tutashish tokining qiymatini
kamaytirish maqsadida chulğamlarning induktiv qarshiligi katta qilib tayyorlanadi. Shuning
uchun payvandlash transformatorlarining quvvat koeffitsienti kichkina buladi.
Induktiv
qarshilikni kattalashtirish uchun bunday transformatorlarda maxsus konstruktsiyadagi chulğam
yoki ikkilamchi chulğam zanjiriga qõshimcha induktiv qarshilik ulanadi. Chulğamning induktiv
qarshiligini oshirish uchun sochilma oqim qiymatini kattalashtirish lozim. Buning uchun
chulğam õzakning ikkita yoki bitta sterjenida turli balandlikda õrnatiladi. Magnit õtkazgichda
magnit shuntlarni qõllash ham sochilma oqimni va chulğamning induktiv
qarshiligini ancha
oshiradi (11.1- rasm, a).
Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulğamining kuchlanishi 60 ... 70 V va
nominal yuklama bilan ishlaganda 30 V bõladi. Elektr yoyning uzluksiz va turğun yonib turishi
uchun zanjirda tok deyarli õzgarmasligi, induktivlik esa ancha õzgarishi lozim. Payvandlash
zanjirida tokni rostlash uchun transformatorning ikkilamchi chulğamiga magnit õtkazgichli
induktiv ğaltak ketma-ket ulanadi (11.1- rasm, b).
Payvandlash toki induktiv ğaltakning reaktiv qarshiligini õzgartirib rostlanadi. Tok
qiymati elektrod diametriga qarab tanlanadi. Induktiv ğaltakning õzagi qõzğalmas va
qõzğaluvchan qismlardan iborat. Ğaltakning reaktiv qarshiligi uning qõzğalmas va qõzğaluvchan
õzaklari orasidagi masofaga boğliq bõladi. Havo oraliği katta bõlsa, ğaltakning reaktiv qarshiligi
ortadi va natijada zanjirda tok qiymati kamayadi va aksincha (havo oraliği va tok qiymati teskari
proportsional). Havo oraliğini õzgartirib zanjirda payvandlash tokini 70 A dan 300 A.-gacha
õzgartirish mumkin. Payvandlash vaqtida ikkilamchi chulğam kuchlanishi 30 V.-gacha kamayishi
mumkin.
11.1- rasm. a) magnit shuntli payvandlash transformatori,
b) reaktiv ğaltakli payvandlash transformatori.
11.2- rasm. Payvandlash transformatorining tashqi xarakteristikasi.
Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatini ta’minlashi mumkin, lekin har bir
apparat õzining alohida reaktiv ğaltagiga ega bõlishi kerak.
Reaktiv ğaltak payvandlash
qurilmasining tashqi xarakteristikasini keskin tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (11.2- rasm,
b). Amalda induktiv ğaltak transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham
mumkin. Turli sohalarda STE-22, STE-34, STN-500 va boshqa markali payvandlash
transformatorlari keng ishlatiladi. STE-34 markali payvandlash
transformatorining texnik
kõrsatkichlari quyidagicha:
R
n
= 30 kVA; U
1
/U
2
= 220/60 V; I
1
/I
2
=147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; õzak markasi
E41-0,5 mm; FIK 93%; tok zichligi 3,2 A/mm
2
.
Induktiv ğaltakniki: kuchlanishi 50 V, põlat markasi E41-0,5 mm; tok zichligi 3,48
A/mm
2
.
Hozirgi davrda invertorli payvandlash qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ma’lumki,
transformator chulğamlaridagi EYuK
E=2
f
W
F formula bõyicha
aniqlanganligi sababli,
chastotani oshirsak, EYuK õzgarmas bõlishi uchun uning õramlar sonini kamaytirish mumkin. Bu
esa odatdagi transformatorlar va impulsli transformatorlarning hajmi bir xil bõlganda impulsli
transformator orqali kattaroq quvvat uzatish imkonini beradi. Masalan, yuqori chastotali
kuchlanishdan foydalilganda 20 kg oğirlikdagi transformator õrniga 250-300 gr. oğirlikdagi
transformatordan foydalanish mumkin.
Invertorli payvandlash qurilmalarida aynan shu qonuniyatdan
foydalanilishi natijasida
odatdagidan bir necha barobar kichik transformatorlardan foydalaniladi.