11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə19/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

«…bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig‘ ...
qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat
ichinda».
A) Yusuf payg‘ambar B) Sulaymon payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Dovud payg‘ambar
14. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi payg‘ambar
Allohdan duo qilib o‘ziga bir hunar so‘raydi?
«Iziyo (egam-ey), manga bir hirfa (hunar) o‘rgatgil. Aning birla
qazg‘achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar».
A) Yusuf payg‘ambar B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
15. «Qisasi Rabg‘uziy»da insonlarning mast holda yurishi, umuman, spirtli
ichimliklar ichishini qoralovchi aqida tasdig‘i uchun qaysi hikoyat keltirilgan?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyati
B) «Uzum hikoyati»
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
16. Quyidagi ma’lumotlar «Qisasi Rabg‘uziy»da nomi zikr qilingan qaysi
payg‘ambar haqida?
«Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa
akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros
qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik
hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab
bo‘ldi».
A) Yusuf payg‘ambar B) Ya’qub payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
17. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimlar bilan bog‘liq qissalar bayonida xalq og‘zaki
ijodining bevosita ta’siri ko‘rinadi?
1) Sulaymon payg‘ambar; 2) Luqmoni hakim;
3) Dovud payg‘ambar; 4) Nuh payg‘ambar.
A) 3, 4 B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 3 D) 1, 4
18. «Qutadg‘u bilig»da Qo‘zi burji sifatida tilga olingan, Quyosh yili hisobidagi
birinchi oy nomi bo‘lib, hozirgi mart oyiga to‘g‘ri keladigan, Qo‘y burjining
arabcha nomini toping.
A) javzo B) hamal
C) shabon D) savr
19. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali bilan bog‘liq to‘g‘ri
ma’lumotlarni toping.
1) Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi;
2) Rabg‘uziy g‘azalning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal
darajada ado etolmagan bo‘lsa-da, g‘azal mumtoz
adabiyotimizning nodir namunalaridan biri hisoblanadi;
3) Matla’dan to maqta’gacha navro‘z va go‘zal yorga muhabbat mavzulari
uyg‘unlikda vasf etiladi;
4) Qofiyalarda qo‘llanilgan so‘zlar turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi
omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi,
juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi;
5) Lola, bulbul, turna, qo‘zi kabi so‘zlar bahorning turli belgilarini
ko‘rsatish vositasi bo‘lgan;
6) Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasviri berilgan.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5, 6
20. Ramal vaznining oxirgi rukni avvalgilaridan qisqaroq, unda bir hijo kam
bo‘lib, uning ushbu shakli qanday ataladi?
A) makfuf B) axrab
C) mahzuf D) solim
21. «Qisasi Rabg‘uziy»da dialoglarning mavqeyi jihatidan qaysi hikoyat
muhim bo‘lib, u to‘lig‘icha ikki tomonning so‘zlashuvi – savol-javoblariga
tayanadi, shu bilan birga, albatta, ularda muallif izohi ham mavjud?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyati
B) «Uzum hikoyati»
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyati
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
22. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi asar sujetiga asos bo‘lgan voqealar ko‘p jihatdan
qaysi manbaga tayanadi?
A) Qur’onga B) hadislarga
C) xalq og‘zaki ijodiga D) tafsirlarga
23. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda mushuk bilan sichqon, ilon bilan
baqa, ilon bilan qarlug‘och (qaldirg‘och) hamda ari, inson va qushlar hamda
hayvonot olami orasidagi o‘ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq
etiladi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
B) «Uzum hikoyati»da
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida
2 4. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda asosiy qahramon Shayton –
«shaytoni mal’un (haydalgan, la’natlangan)» hisoblanadi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
B) «Uzum hikoyati»da
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida
25. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatda
halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka
undash asosiy maqsaddir?
A) Yusuf payg‘ambar B) Nuh payg‘ambar
C) Dovud payg‘ambar D) Sulaymon payg‘ambar
26. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin