11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə9/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

«Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi».
Maqol mazmunan ikki qismga ajraladi. Bunda bir ishning amalga
oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo‘layotgani
e’tiborga olinadi. Ayni mana shu holat inson tabiatidagi bir noloyiq
xususiyatning kishi ko‘z o‘ngida aniq gavdalanishi uchun imkon beradi».
A) «Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas».
B) «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur».
C) «Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas».
D) «Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti».
14. «Devonu lug‘ot at-turk»da Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va
chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy
parchalar, qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga
molik bo‘lib, quyidagilardan qaysilar shular jumlasidandir?
A) «Bulnar meni ulas ko‘z...», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga»
marsiyasi
B) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan
jang»
C) «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga»
marsiyasi
D) «Tangutlar bilan jang», «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Bulnar meni ulas
ko‘z...»
15. «Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xil bo‘lib,
qaysilari tez-tez ko‘zga tashlanadi?
1) o‘xshatish; 2) talmeh; 3) qiyoslash; 4) qarshilantirish;
5) jonlantirish; 6) ishtiqoq; 7) sifatlash.
A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 7
C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 6, 7
16. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kabi insoniy
tuyg‘ular tabiatga nisbat berilsa, adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi
nima deyiladi?
A) o‘xshatish B) sifatlash
C) jonlashtirish D) epitet
1 7. «Devon»da qo‘shiqning qanday turlari uchraydi?
1) mehnat va marosim qo‘shiqlari;
2) hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;
3) dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;
4) mavsum qo‘shiqlari;
5) chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5
18. «Devon»da keltirilgan «Erdi ashin taturg‘an» she’rida kimning boshqa
kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlari ta’kidlanadi?
A) jasur qabila boshlig‘ining B) oshiqning
C) marhumning D) ma’shuqaning
19. «Devon»da muallif adabiyotshunoslikka doir qanday adabiy parchalar
haqida gapirib o‘tgan?
1) hikmatli so‘z; 2) saj’; 3) topishmoq; 4) rajaz;
5) nasr; 6) matal; 7) maqol.
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6, 7
C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 4, 5, 7
20. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozib tugatilgan?
A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida
B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni
C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida
D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni
21. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan
nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida ... , ... , ... , ... va ... deb
atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida
turklarning tilida qo‘llanib kelgan sh«e’rlaridan, shodlik va motam
kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim».
1) hikmatli so‘zlar; 2) saj; 3) maqollar; 4) rajaz; 5) nasr; 6) matal; 7) nazm.
A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6
22. Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismini toping.
A) Husayn ibn Mahmud Koshg‘ariy
B) Muhammad ibn Mahmud Koshg‘ariy
C) Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad
D) Husayn ibn Mahmud ibn Muhammad
23 . Nechanchi asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san’ati
rivojlanishining yangi pallasi boshlandi?
A) XII asrga kelib B) XI asrga kelib
C) XIII asrga kelib D) XIV asrga kelib
24. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida muallif kitobning necha karra yozilgan
(ko‘chirilgan)ligini va tuzatilganligini aytadi?
A) besh karra B) uch karra
C) ikki karra D) to‘rt karra
25. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarda qaysi obrazning
bulut ko‘tarilib, tuman tushib do‘l yog‘gani uchun chopib, sho‘xliklar qilgani
ta’riflanadi?

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin