Darsning borishi: Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (savol-javob).
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash“Test sinovi.
1.Adabiy til qay jihatdan og`zaki va yozma shakllarga ega bo`ladi?
A) tuzilsihiga ko`ra B) shakliga ko`ra C) ifodalanishiga ko`ra D) A va B
2.Adabiy tilning boyib borishida o`ziga xos tuganmas manba vazifasini o`tasa-da , ular adabiy til me’yorlaridan tashqarida bo`ladi…
A) milliy til B) o`zlashgan so`zlar qatlami C) xalq shevalari D) A va C
3.”So` zlatofati “ kitobi kimning qalamiga mansub?
A) Erkin Vohidov B) A. Oripov C) O.Sharofiddinov D) S.Sayyid
4. “ Gunoh- aybni kechirish iltimosi” ma’nosida qo`llanadi, shuningdek , shu ma’nosida ham juda kam qo`llanadigan so`z..
A) kechirim B) uzr C) afv D) barchasi
5.Faqat insonga nisbatan ishlatiladigan, ovoz so`ziga nisbatan kam qo`llaniluvchi so`zni aniqlang.
A) sado B) sas C) nido D) un
III.Yangi mavzu bayoni. Darslikdagi 20-mashq shartiga ko`ra o`quvchilar she’riy parchadagi g`ayriodatiy birikmalarni aniqlaydilar. Mashq yozma tarzda bajariladi.
20-mashq. She’riy parchadagi g‘ayriodatiy birikmalarni aniqlang, ularni birikma tarzida ko‘chiring. Nima uchun bu so`zlar adabiy til me’yoriga nomuvofiqligi sababini tushuntiring. Ulardagi badiiy vositalar haqida fikrlaringizni o`rtoqlashing.
Tovushlarning kichik, ulug'i,
Tovushlarning hidi — bo‘yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bolsaydi agar,
Chizar edi shundan lavhalar.
(Maqsud Shayxzoda)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlash uchun Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati”dan olingan quyidagi iboralar izohlarini o`quvchilarga yod olish uchun topshiriq sifatida beriladi:
Ich-etini yemoq, ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-o‘yini boshqalarga aytmay). Varianti: ichini yemoq; etini yemoq. Ma’nodoshi:o‘z yog‘iga o‘zi qovurilmoq. O ‘xshashi: ichini kemirmoq; o‘zini o‘ziyeb qo‘ymoq. Kayfi buzuqKayfiyati yomon, xafa. Ma ’nodoshi: ta’bi xira; ta’bi tirriq.O‘xshashi: avzoyi buzuq.