1996-yil “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. 1996-yil 24-aprelda “Milliy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. 1996-yil 27-avgust sanasidan boshlab har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. 1996-yil avgustda Toshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi. 1996-yil dekabrdaO‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi 1-oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi. 1996-yil iyulda “O‘zDAEWOO avto” qo‘shma korxonasi ochildi. 1996-yil iyundaO‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning AQShda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. 1996-yil mart oyidan “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzusidagi ko’rik tanlovi o‘tkazilib kelinayotdi. 1996-yil O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ochildi. 1996-yil oktabrdaParijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.